AMIR TEMUR MAQBARASI
1941 yilning 16-22 iyun kunlari Hukumat ekspedisiyasi tomonidan Amir Temur maqbarasidagi qabrlar birin-ketin ochildi. Birinchi bo’lib Amir Temurning o’rtancha o’g’li Mironshohning qabri ochildi. Qabr ustidagi marmar plita ochilgach, marmardan terib yasalgan lahad ko’rindi.
Qabrni suv bosganligi uchun suyaklar chirib murtlashib qolgan, jasad sof musul¬mon odaticha dafn etilgan ekan. Qabrdan oshiqcha narsalar topilmadi. Jasad takroriy dafn etilganligi, ya’ni, boshqa joydan ko’chirib kelganligi yaqqol ko’rinib turibdi. Mironshohning qabri ochilgandan so’ng, Mirzo Shohruhning qabrini ochishga kirishildi...
Sohibqiron Amir Temurniing kenja o’g’li Mirzo Shohruh 1447 yili 70 yoshida Forsda vafot etgan. Uni dastlab Hirot shahriga dafn etganlar, so’ngra Mirzo Ulug’bek tomonidan Samarqandga keltirilib Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan. Shohruh qabri ustidagi marmar toshda uning tug’ilgan va vafot etgan sanalari yozilgan. Bu qabrtosh ko’chirib olinganida, marmar toshlardan yasalgan lahad ko’rindi. Lahaddagi jasad musulmoncha marosim bilan dafn etilganligi ko’rinib turibdi. Jasadning ustida kafan qoldiqlari saqlangan, qabrni suv bosganligi uchun suyaklar va kafan chirigan. Jasad mumiyolangan bo’lishiga qaramay zax ta’sirida ko’p joylari chirigan ekan. Jasadning yonidan mayda toshchalar solingan yog’och quticha va rayhon barglari solingan latta xaltacha topildi. Qabrdan chiqarilgan suyaklar kimyoviy usullar bilan qotirildi va tadqiq qilindi.
Ekspedesiya a’zolari Shohruh qabrini ochib bo’lishgach Mirzo Ulug’bek qabrini ochishga kirishdilar.
1449 yili qotil Abbos qo’lida shahid bo’lgan Mirzo Ulug’bek ham ulug’ sohibqiron bobosi yotgan maqbaraga dafn etilgandir.
Mirzo Ulug’bekning qabri ochilgach, uning qabrini tuzilishi ko’p jihatlari bilan Shohruh qabriga o’xshash ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu qabrni ham suv bosganligi uchun ichiga loyqa kirgan, suyaklarni chirishiga sabab bo’lgan.
Mirzo Ulug’bek shahid bo’lganligi uchun musulmon odatiga ko’ra, o’ldirilgan paytda qanday kiyimda bo’lsa o’sha kiyimlar bilan dafn etilgandir. Shu sababli qabrdan Ulug’bekning kamari, chalvori, kuylagi va boshqa liboslarining qoldiqlari topildi. Ulug’bek suyaklarini o’rgangan antropologlar haqiqatan uning boshi o’tkir tig’ bilan kesilganligini aniqladilar.
Mirzo Ulug’bekning qabri ochib bo’lingach ekspedisiya qatnashchilari Amir Temur qabrini ochishga kirishdilar. Bu ish 1941 yilning 19 iyunida boshlan¬gan edi. Dastlab qabr ustidagi qalin marmar plitani ko’chirib olishga to’g’ri keldi. davomi