AMIR TEMUR MAQBARASI
XIV asrning so’nggi yillari Sohibqiron Amir Temurning Kichik Osiyoga qilgan yurishi yangi-yangi zafarlar bilan boyib bormoqda. Amir Temur jo’natgan chopar, 1401 yili poytaxtga yetib kelib, bobosi tomonidan Samarqand hokimi qilib tayinlangan Muham¬mad Sultonga sohibqironning maktubini topshirdi.
Maktubda, bobosi Muhammad Sultonni o’z yoniga, ya’ni, Kichik Osiyoga zo’dlik bilan chorlagan edi. Bobosi unga Forsning shimoli-g’arbiy viloyatlarini tortiq qilmoqchi edi. Kichik Osiyoga yetib kelgan Muhammad Sulton bu yerda olib borilayotgan urush harakatlarida ham qatnashib o’z jasorati bilan hukmdor bobosini yana xushnud etadi. Turkiyada olib borilgan harbiy harakatlar zafar bilan yakunlangach, Muhammad Sulton bobosining ruxsati bilan o’ziga in’om qilingan viloyatlar tomon yo’lga tushadi. Ammo, Muhammad Sulton ko’zlangan manziliga yetib borolmadi, yo’lda to’satdan kasallanib 1403 yilning bahorida, Qorahisor yaqinida vafot etadi. Taxt vorisi, 29 yoshli jasur Muhammad Sultonning bevaqt o’limi Amir Temurni chuqur qayg’uga soldi. Motam e’lon qilinib, barcha qo’shin qora va ko’k libos kiydi, hattoki, oq ot minish ham taqiqlandi.
Shahzodaning tanasini Arzirum yaqinidagi Onik shahriga keltiradilar va bu yerda boshqa tobutga solishib Sultoniyadagi avliyo Haydar qabristoniga dafn etadilar. Sohibqiron Onik shahriga yetib kelib nabirasiga bag’ishlab katta xudoyi beradi, ruhiga Qur’on tilovat qiladi. Sohibqiron Samar¬qandga chopar jo’natib, Muhammad Sultonga atab u qurdirgan madrasa yonida maqbara qurishga buyruq beradi. Muhammad Sulton vafotiga bir yil to’lishi munosabati bilan, Amir Temur yil oshi berdi, shundan so’ng, shahzodaning onasi Suyunch Og’a sohibqironning ijozati bilan o’g’lining tanasini Sultoniyadan Samarqandga olib ketadi... Muhammad Sultonning jasadini madrasa yonida yangi qurilgan maqbaraga dafn etadilar.
Oradan ozgina vaqt o’tgach sohibqiron poytaxtga qaytadi va nabirasini qabrini ziyorat qiladi. Ammo, sohibqironni bu maqbara qanoatlantirmaydi. Amir Temur suyukli nabirasi Muhammad Sultonning xotirasiga ulug’vor maqbara bunyod qilishga farmon beradi. Shu tariqa, 1404 yilning kuzida hozirgi Amir Temur maqbarasining qurilishi boshlanadi. Keyingi sharoitlar tufayli bu maqbara nafaqat Muhammad Sulton uchun, balki, Amir Temur, Mir Sayid Baraka, Mironshoh, Shoh¬ruh va Ulug’beklar uchun ham abadiy oromgohga aylanadi.
Bu maqbara tez sur’atlar bilan qurilayotgan vaqtda sohibqiron Xitoy yurishiga otlanadi, ammo, hozirgi Qozog’iston territoriyasidagi O’tror shahri¬da kasallanib, 1405 yilning 18 fevralda vafot etadi. davomi