IChKI
YoNUV DVIGATELLARI ChIQINDI
GAZLARI TARKIBINI NAZORAT QILUVChI
ANALIZATOR
Asbobning
tavsiya etilish sohasi: Mazkur asbob chiqindi gazlar tarkibidan SO ni (0-10 % ob.) va benzin
bug’larini (0-5000 mln-1) aniqlashga mo’ljalangan.

Tasnifi: Chiqindi gazlar tarkibidan SO va ulevodorodlarni aniqlashga
imkon beruvchi selektiv termokatalitik sensor yaratildi. Yaratilgan sensorlar aniqligi va
qayta takrorlanuvchanligi bilan o’zining chet eldagi analoglaridan
qolishmaydi.
Yaratilgan sensorlardan foydalanilib, «MAROKAND MSM» da chetdan
keltiriladigan asboblarni almashtira oluvchi, kichik o’lchamli
«AG-SO-SN» gazoanalizatori yaratildi. Analizatorni sinab
ko’rish Samarqand viloyati tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi
xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Tajribalar 172203-87 raqamli
“Benzin dvigatellari avtomobillari chiqindi gazlarida uglerod oksidi va
uglevodorodlar miqdorini o’lchash usullari va normalari” davlat
standartiga muvofiq olib borildi. Sinov natijalari yaratilgan analizatorni SO
va uglevodorodlarni aniqlash uchun qo’llash imkoniyati mavjudligini
tasdiqladi. Yaratilgan analizatorni texnik va metrologik xarakteristikalarini
boshqa analog asboblar bilan solishtirma baholanganda «AG-SO-SN»
texnik va metrologik tavsiflari bilan import analoglaridan qolishmasligini
ko’rsatdi.
Asosiy
xarakteristikalari: SO ni
aniqlash diapazon 0 dan 10 haj.%, benzin bug’lari 0 dan 500 rrm.;
Yo’l
qo’yiladigan asosiy xatolik ±0,25 haj.% (SO uchun) va 20 rrm (SN uchun);
Gabarit o’lchamlari, 430x210x140 mm dan oshmaydi. Gazoanalizator massasi
Ishlanmaning
holati: Analizatorni normativ-texnik,
konstruktorlik-texnologik hujjatlarini tayyorlash, tajribaviy namunalarini
ishlab chiqarishni tashkil etish va ularni tekshirish uchun moliyaviy yordam
zarur.
Hamkorlikka
takliflar: Buyurtma bo’yicha
tadqiqotlar o’tkazish va xo’jalik shartnomalari tuzish mumkin.
Mualliflar: k.f.d. Abduraxmanov E., katta o’qit. Daminov
G’.N.
YoNISh JARAYoNI ChIQINDI GAZLARI
TARKIBINI VA HAVONING ORTIQChALIK
KOEFFISIYeNTINI NAZORAT QILUVChI ANALIZATOR
Asbobning tavsiya
etilish sohasi: quvvatidan qat’iy nazar har qanday pechni
muvofaqqiyatli ishlashi uchun yonish jarayoning yuqori effektivligi
ta’minlanishi kerak. Proyektda yonish jarayonini har tomonlama nazorat
qilishga va uni maqbullashtirishga mo’ljallangan o’lchov asbobi
yaratish ko’zda tutilgan. Yonish jarayonini avtomatik boshqarish
sistemasi yonish mahsulotining chiqib ketishi uning hosil bo’lish
tezligiga mos kelishini ta’minlovchi yonilg’i va havoning optimal
miqdorini ta’minlashi va ish jarayonini boshqarishi lozim.
Tasnifi:
Yonish jarayonini optimallashtirish yo’li bilan yoqilg’ini tejashga
erishish mumkin. Yonish jarayonini maqbullashtirish chiqindi gaz tarkibidan
kislorod miqdorini aniqlashga asoslangan havoning ortiqchalik koeffisiyentining
tegishli qiymatini aniqlash yo’li bilan ta’minlanadi. Kislorod
miqdorini o’lchash uchun namunani olish, qayta ishlash va uni chang,
namlik singari qo’shimchalardan tozalab uzatishga asoslangan qayta
ishlashni ta’minlovchi murakkab o’lchov asbobi talab etiladi.
Yuqori effektiv va selektiv katalizatorlar sohasida o’tkazilgan
tadqiqotlar asosida kislorodni chiqindi gazlar tarkibidan aniqlovchi
elektrokimyoviy va termokatalitik sensorlar yaratildi.
Asosiy
xarakteristikalari: - SO bo’yicha aniqlash diapazon 0 dan 10 haj.%, O2 0-21 haj.%;
yo’l qo’yiladigan asosiy xatolik ±0,25 haj.%; temperatura va
kuchlanish ta’siridan yo’l qo’yiladigan qo’shimcha
xatolik ±0,5 haj. % dan oshmasligi zarur.
Gazoanalizator GOST 27.003 bo’yicha II guruhga
kiradi va ikki kanalli hisoblanadi. Gabarit o’lchamlari 430x 210x140 mm dan oshmaydi. Massasi
Ishlanmaning holati:
Analizatorni normativ-texnik, konstruktorlik-texnologik hujjatlarini tayyorlash,
tajribaviy namunalarini ishlab chiqish, ularni chinni, sement va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar chiqindi gazlari tarkibidan SO, O2
va α ni aniqlash jarayonini tekshirish uchun moliyaviy yordam zarur.
Ushbu analizatorlarni ishlab
chiqarishga tadbiq etish atmosferaga tashlanadigan chiqindilarni kamaytirish,
yonilg’ilarni katta pech qurilmalarida yoqilg’ini tejash bilan
bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga yordam beradi.
Hamkorlikka
takliflar: Buyurtma bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish
va xo’jalik shartnomalari tuzish mumkin.
Mualliflar:
k.f.d. Abduraxmanov E., asp Tillayev S. inj. Gaysin A.
BIOLOGIK OBYeKTLAR TARKIBIDA
GLYuKOZA MIQDORINI NAZORAT QILUVChI ANALIZATOR
Asbobning tavsiya
etilish sohasi: Biologik obyektlar tarkibida glyukozani aniqlash.
Hozirgi vaqtda klinik laboratoriyalar amaliyotida
qo’llanilayotgan glyukozani aniqlash usullari birmuncha kamchiliklarga
ega bo’lib, ulardan asosiylari sifatida analizning murakkabligi hamda
analiz uchun nisbatan ko’p vaqt talab etilishini qayd etish mumkin.
Tasnifi:
Ishda biologik obyektlar tarkibida glyukoza miqdorini aniqlash uchun
elektrokimyoviy datchik yaratildi. Mazkur datchikning ta’sir mexanizmi
quyidagilardan iborat. Aniqlanadigan komponent molekulasi spesifik katalizator
hisoblangan selektiv glyukozaoksidaza fermenti qavatiga diffuziyalanadi.
Indikator
elektroddan chiqadigan signal eritmadagi glyukoza konsentrasiyasining
funksiyasi hisoblanadi. Ushbu datchikning ishlash muddatini uzaytirishga
qo’shimcha membrana qo’llash orqali erishildi.
Membrana
tabiiy materialdan yasaladi. Masalan, baliqning havo pufagi, qo’y ichagi
va boshqalar.
Asosiy
xarakteristikalari: Ushbu usullardan foydalanib, glyukoza miqdorini
biologik obyektlar tarkibida nazorat qiluvchi sensorning tajribaviy namunalari
yaratildi. Sensorning metrologik va
analitik xarakteristikalariga turli faktorlar ta’siri o’rganildi va
inson qoni tarkibidagi glyukoza miqdorini nazorat qilish imkoniyati ko’rsatildi.
Ishlab chiqarish
bosqichi: Yaratilgan sensordan foydalanib, glyukometrning
tajribaviy namunasini tayyorlash, uni tekshirish va ishlab chiqarishga tadbiq
etish uchun moliyaviy yordam zarur.
Hamkorlikka
takliflar: Buyurtma bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish
va xo’jalik shartnomalari tuzish mumkin.
Mualliflar:
k.f.d. Abduraxmanov E., k.f.n. Ro’ziyev E., ilmiy tadqiqotchi Karimova
L.A.
PAXTA TOLASI, TEKSTIL VA
YoG’OCh MATERIALLARINI
YoNG’INDAN HIMOYa QILUVChI
ANTIPIREN BIRIKMALAR
Tavsiya etilish
sohasi: Antipirenlar-yog’och, matolar, plastmassalar va
boshqa organik materiallarni yonuvchanligini pasaytiruvchi moddalardir.
Antipirenlar himoya qilinayotgan material yuzasiga eritmalar ko’rinishida
shimdiriladi.
Tasnifi:
Turli yong’inlar katta iqtisodiy ziyon yetkazadi. Materiallarni kimyoviy
preparatlar bilan ishlov berish yong’indan himoya qilishning bir
yo’nalishi. Havoda alangalanmaydigan tekstil va yog’och
materiallari odatda tabiiy matolar va yog’ochlarni modifikasiyalash
orqali olinadi.
Yong’indan
himoyalangan materiallar odatda 25-27% oralig’ida kislorod indeksiga ega
bo’ladi. Yong’indan himoyalanish antipiren preparatlar
qo’llash orqali ta’minlanadi.
Samarqand
Davlat universitetida yengil yonuvchan materiallarni (yog’och, matolar)
qiyin yonadigan formaga o’tkazuvchi kimyoviy preparatlar antipirenlar
yaratish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqdi.
Antipiren
vositalari sifatida respublikamizda katta miqdorlarda mavjud bo’lgan oson
topiladigan va arzon preparatlardan (ammofos, ohak, osh tuzi, natriy
gidrokarbonat, diammoniy fosfat va boshqalar) foydalanish imkoniyatlari
o’rganildi.
Asosiy
xarakteristikalari: Yaratilgan antipirenlarni keng miqiyosda
ishlatilishi turli yong’inlar va boshqa baxtsiz hodisalarni kamaytirishi
hisobiga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Yaratilgan antipirenlar xalq
xo’jaligining turli sohalarida ishlatilishi mumkin.
Ishlanmaning
holati: Tajribalarda antipirenning yong’indan himoyalash
xossalariga komponentlar nisbatining ta’siri konsentrasiyaning keng
oralig’ida tekshirildi. Natijada paxta tolasi, tekstil materiallar va
yog’ochning yong’indan himoyalashda mahalliy xom–ashyolardan
antipiren birikmalar tayyorlash imkoniyatlari aniqlandi.
Hamkorlikka
takliflar: Buyurtma bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish
va xo’jalik shartnomalari tuzish mumkin.
Mualliflar:
k.f.d. Abduraxmanov E., k.t.n. Kubayev A., ilmiy tadqiqotchi Murodova Z.
KATTA
IKKI PALLALI MOLLYuSKALARNI YeTIShTIRISh TEXNOLOGIYaSI
Maqsadi: chig’anoqning tanasidan
massa olish, chig’anoqlardan sadaf va marvarid yetishtirish.
Ta’rifi: Mollyuskalarni yetishtirish,
qushlar va baliqlarni boqishda, sadaf va marvarid olishda, ulardan oddiy
taqinchoq va tugmalar yasashda yaxshi mahsulot hisoblanadi.
Asosiy tasniflari: Katta ikki pallali mollyuskalarni yetishtirish
uslubi ilk bor Markaziy Osiyoda mollyuskalarning ho’l massasidan mahsulot
olish, ularni qushlar va baliqlar ozuqasida ishlatish, chig’anoqlaridan
sadaf va marvarid olish, bezaklar yasashda ishlatish, suv havzalarining
mahsuldorligini oshirishda va ularning sanitar holatini yaxshilashga imkon
yaratadi.
Markaziy
Osiyo suv havzalarida kata ikki pallali mollyuskalarning 10 turining yashashi
aniqlangan. Ularning eng kattasi ho’l massasi 200-250 gramm keladi,
chig’anoqlarining uzunligi 25-30 sm, sadafining qalinligi 2-
Mollyuskalarni
ko’paytirish, ulardan mahsulot olish va uni xalq xo’jaligi va
yengil sanoatga tadbiq qilish uchun katta maydonlarda hovuzlar yasash va ularni
oqar suvlar bilan to’lg’azish, asbob-uskunalar, ishchi kuchi va
moliyaviy yordam zarur. Izlanishlar Zarafshon daryosi sohili suvlarida olib borildi.
Ishlanmaning tayyorlik darajasi: Mollyuskalarni
ko’paytirish bo’yicha dastlabki tajribalar o’tkazilgan.
Kelgusida ulardan samarali foydalanish maqsadida keng qamrovli izlanishlar
bajarilishi lozim.
Hamkorlik to’g’risida takliflar: Izlanishlar
buyurtma bo’yicha va xo’jalik shartnomalari tuzish orqali
bajarilishi mumkin.
Ishlanmani ishlab chiquvchilar: biologiya fanlari doktori,
professor Izzatullayev Z.I.
QUShLARNI ChO’ChITIB HAYDASh UChUN
QURILMA
Qurilmaning qo’llanilishi: Qurilma qushlarni
bog’ hududlaridan, uzumzorlardan, g’alla maydonlaridan, shuningdek
aerodrom hududlaridan cho’chitib haydash uchun qo’llaniladi.
Ta’rifi: Qushlarni
cho’chitib haydash uchun qurilma optik repellentdan iborat bo’lib,
u shar shaklida tayyorlangan. Sirtiga ko’zguli plastinkalar (masalan
ko’zgu bo’laklari) yopishtirilgan shar penoplast yoki rezinadan
tayyorlanishi mumkin. Sharning yon tomoniga parraklar o’rnatilgan
bo’lib, ular yorug’likni yaxshi qaytaradigan materiallardan,
masalan, folga yoki lavsan plyonkalardan tayyorlanadi. Sharning yuqori qismiga
bog’lash moslamasi o’rnatilgan. Bog’lash moslamasiga elastik
boylama (masalan, troscha, leska, ip, kanop yoki rezinali bog’ich)
mustahkam bog’lanib, u tirgakka birlashtirib bog’lanadi.
Asosiy
xarakteristikalari: Qurilmaning ishlashi
quyidagicha. Tirgak uzun tayoq yoki daraxt shoxiga shunday bog’lanadiki,
shar qo’riqlanayotgan ekin ustidan 0,3-
Sharlarda
parraklar va elastik boylamaning bo’lishi tufayli optik repellentlar
kuchsiz havo oqimlari ta’sirida ham har xil tomonlarga qarab aylanib
turadi. Qo’yosh nurining tushishi yoki boshqa istalgan yorug’lik
manbaidan, masalan, projektordan tushgan nur, ko’zguli plastinkalardan va
boshqa sharlardan ko’p karra qaytib, kuchli yorug’lik oqimlarini
hosil qiladi, nurlarning ravshanlik darajasi har xil bo’lganligi va yo’nalishlarining
doimiy o’zgarib turishi, bunday repellentlarga qushlarning o’rganib
qolishiga yo’l qo’ymaydi.
Taklif
qilingan qurilma ekologik toza qurilma bo’lib hisoblanadi. Undan
foydalanish bog’lar, uzumzorlar va boshqa ekinlardan
yig’ishtirib olinayotgan
hosilni oshirish imkonini beradi. Bog’larda qo’llanishining yillik
iqtisodiy samaradorligi har bir gektar qo’riqlangan maydonda 400 ming
so’m atrofida bo’ldi (Djabborov, Tixonov, 1985).
Qushlarni cho’chitib haydash uchun
qurilmaning samaradorligini yanada oshirish uchun uni qushlarning repellent
tovush signallari va ayrim yirtqich qushlarning tur chaqiriq signallari bilan
kompleks holda qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu qushlarning
repellent tovush signallari va yirtqich qushlarning tur chaqiriq signallari
magnit tasmasiga yozib olinadi, so’ngra audio magnitofon, ovoz
kuchaytirgich va karnaylardan iborat stasionar yoki ko’chma bioakustik
qurilma yordamida translyasiya qilinadi. Bundan tashqari repellent
signallarning samaradorligini oshirish maqsadida qo’lga o’rgatilgan
lochinlar va qarchig’aylar ham qo’llaniladi.
Ishlanmaning tayyorligi: Qurilma 1981-82 yillarda Samarqand
aerodromida va 1987-88 yillarda Blagoveщyensk
shahrining «Amurenergo» rayon energetika boshqarmasida ishlab
chiqarish sinovidan muvaffaqiyatli o’tdi.
Hamkorlik bo’yicha
takliflar: Buyurtma
bo’yicha izlanishlar olib borish yoki xo’jalik shartnomasi tuzish
asosida o’zaro hamkorlik qilish mumkin.
Mualliflar:
SamDU
zoologiya kafedrasining mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dosent, Jabborov
A.R., biologiya fanlari doktori, MDU professori Tixonov A.V.
MIKROOBYeKTLAR TASVIRLARINI
VIZUALLAShTIRUVChI, TANUVChI, SINFLAShTIRUVChI VA QAYD QILUVChI
DASTURIY TIZIM
Vazifasi: Dasturiy
majmua tibbiy, biologik, texnologik tadqiqotlarda ko’p sonli namunalar bilan
beriladigan mikroobyektlarni kiritish, kodlash, qisish, ular tasvirlarini
vizuallashtirish, tanish va sinflashtirish uchun muljallangan.
Tasnifi: Dasturlar
neyron tarmog’ini o’qituvchisiz o’rgatuvchi model va
algoritmlar asosida ishlab chiqilgan. N-o’lchamli giperfazoga tegishli
kirish signallarni sinflashtirish uslublari, signallarni parallel qayta ishlash
prinsipi, o’zgaruvchilarning optimal qiymatlarini, miqdoriy
koeffisiyentlarini, miqdorlarni tanlash sifati parmetrini aniqlash
uslubiyatlari qo’llanilgan. Dasturiy majmua tibbiy tashxis markazi, ekologiya xizmati, texnologik
jarayonlarni boshqarish, ma’lumotlarni masofaga uzatish tizimlarining
keng doiradagi foydalnuvchilarda qiziqish bildiradi. Dasturlar majmuasi tasvirlarni
vizuallashtirish va qayd qilish hamda uzluksiz tabiatli ma’lumotlarga
ishlov berish dasturiy tizimida servis vositasi sifatida ishlatiladi.
Asosiy xarakteristikalari: Katta hajmdagi ma’lumotlar
bilan ishlash. Tajribasiz foydalanuvchilar uchun ham tushunarli va qulay
interfeys. Obyektlar tasvirlarini qayd qilish, tanish va sinflashtirish
jarayonlar tezkorligini ta’minlaydi. Tadqiq qilinayotgan jarayonlar
haqida ma’lumotlar va bilim bazasini avtomatlashgan tarzda shakllantirish
imkonini beradi.
Ishlanmaning tayyorligi: Dasturiy majmuaning «Chang
zarralari misolida mikrobiologik obyektlar tasvirlarini vizuallashtirish,
tanish, sinflashtirish va qayd qilish dasturi» nomli sinovdan
o’tgan namunasi mavjud.
Huquqiy muxofazalash hujjatlari: O’zR Davlat patent idorasi EHM uchun dasturlar va
ma’lumotlar bazasini muxofazalash Agentligining EHM uchun dasturlarni rasmiy
ro’yxatdan o’tkazish xaqida guvohnoma,
№ DGU 20060020, 22.02. 2006
Hamkorlik bo’yicha takliflar: Buyurtma
asosida tadqiqotlar o’tkazish, xo’jalik shartnoma tuzish.
O’zR Seleksiya va urug’chilik ITI va Jizax viloyati
G’allaorol shahri “G’alla” ITI bo’linmalariga,
O’zR SvaQHV Samarqand viloyat veterinariya bo’limlariga joriy
qilinganligi haqida dalolatnomalari mavjud
Ishlanma mualliflari: Texnika
fanlari doktori, professor Jumanov I.I , texnika
fanlari nomzodlari Axatov A.R.,
Djumanov O.I., Tursыnxanov
N.M. (Samarqand davlat universitetining axborot texnologiyalari kafedrasi).
TABIY FANLARDAN KOMPYuTER
IMITASION MODELINI YaRATISh (VIRTUAL LABORATORIYa)
Maqsadi:
Virtual laboratoriya – integrallashgan ma’lumotlar muhiti
bo’lib, unda o’quv, o’quv-uslubiy, amaliy, kompyuter
imitasion modeli (animasiya) va nazorat-test materiallari mujassamlashgan. Kompyuter
imitasion modelining vazifasi fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalarni va
jarayonlarni kompyuterda imitasiya yordamida namoyish qilishdan iborat.
Tasnifi:
Virtual laboratoriyaning tuzilmasi modulli ko’rinishda bo’lib, u
algoritm-dastur ta’minoti, ma’lumotlar bazasi, kompyuter imitasion
modeli hamda nazorat dasturlaridan tashkil topgan. Ishlab chiqilgan dasturiy
ta’minotning foydalanuvchilar bilan muloqoti (interfeys) Windows-ilovasi
standartida bajarilgan bo’lib, u juda qulay va osondir. Virtual
laboratoriyada ishlab chiqilgan bloklar bir-biriga bog’liq
bo’lmagan holda yagona ma’lumotlar muhitidan foydalanib ishlay
oladi. Virtual laboratoriyada ma’lumotlar tizimi, matn,
grafik ma’lumotlar, animasiyalar, video ma’lumotlar va audio
ma’lumotlar bloklaridan tashkil topgan.
Ta’limda
ma’lumotlarning integrallashgan muhitidan foydalanish o’quv
jarayoni va masofadan o’qitish usullarini o’quv-uslubiy tomondan
qo’llab quvvatlaydigan va talabga to’liq javob beradigan
o’qitish tizimini shakllantirishga imkoniyat yaratadi. Bu esa o’z
navbatida o’quv jarayonining samaradorligini oshirishga, talabalarda
mustaqil shug’ullanish uchun sharoit yaratishga, o’qish shaklidan
bog’liq holda ma’lumotlar muhitini qulay va oson tashkil qilish
imkoniyatini beradi.
Asosiy
xarakteristikalari: Pentium 3 quydagi texnik xususiyatlari bilan:
prosessor 233 MGs, OZU 64 Mb, qattiq diskda 60 Mbdan kam bo’lmagan
xotira, Windows 98-XP operasion tizimi va Internet Explore 5.5
Ishlab chiqish
holati: Biologiya, fizika va kimyo yo’nalishlarida virtual
laboratoriyalar yaratish tugallangan va ular Samarqand Davlat universiteti
hamda Respublikaning ta’lim muassasalarida o’quv jarayonida
qo’lanilmoqda.
Huquqiy himoya
hujjati: O’zbekiston Respublikasi patent idorasining dasturiy
mahsulotlar bo’yicha guvohnomasi: (№ DGU 00948 ot 2005.30.05.,
№ DGU 00949 ot
2005.30.05, № DGU
00950 ot 2005.30.05, .№ DGU 00951 ot 2005.30.05, № DGU 00952 ot
:2007.08.01, № DGU 01202 ot 2007.08.01, № DGU 01201 ot
2007.08.01.№, DGU 01204 ot
2007.08.01. № DGU 01205 ot 2007.08.01).
Hamkorlik
takliflari: Joriy etishni taklif qilamiz. Samarqand shahri,
universitet xiyoboni, 15, Telefon (8366) 231 18 17 E-mail: el_kitob@rambler.ru,
maxmud@samdu.uz,
fma@samdu.uz
Mualliflar:
Ped-ka f. d., prof.Lutfillayev M.X., b.f.n. dos.Abdullayev E.N., b.f.n. dos
Allanazarova N.A., b.f.d. prof.Xodjayev D.X., Fayziyev M.A., Lutfillayev I.M.,
Odilov R., G’afforov Z.
L 6/1 I 9/1 QATTIQ BO’G’DOY
QATORLARINI IShLAB ChIQARIShGA TATBIQ QILISh VA UNGA NAV MAQOMINI BERISh
Tavsiya etilish
sohasi:
oziq-ovqat sanoati, non va makoron mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun
xomashyo sifatida, qishloq xo’jalik, agrosanoat birlashmalari va boshqa
sohalarda tatbiq qilish mumkin.
Ishlanmaning
tavsifi:
Ekologik-jug’rofiy turlararo duragaylash usuli assosida kalta
bo’yli, yuqori hosilli fakultativ (qish va bahorda ekiladigan) qattiq
bug’doy qatorlari yaratilgan. Ularning orasida, eng istiqbolli qator
"Doniyori" deb nomlangan.
Asosiy
xususiyatlari: Qish va bahorda ekiladigan, yuqori
hosildorlikka ega bo’lgan "Doniyori" qatori intensiv tipda
bo’lib, bo’yi 75-85 sm ga yetadi, yotib qolmaydi,
to’kilmaydi, tezpishar, qurg’oqchilikka chidamli va immunal
barqarorligi bilan birga, donning texnologik sifati bo’yicha andoza
"Oviachik-65" navidan ancha yuqori. Boshoq rangi qizil, ixcham, doni
yirik, yaltiroq, 1000 dona og’irligi
Ishlanmaning tayyorlik darajasi:
O’tkazilgan tajribalar natijasida genetik jihatdan bir xil bug’doy
qatorlari yaratildi. 6/1 qatordan
Hamkorlik uchun takliflar:
Oziqa va urug’lik navlarni ko’paytirish bilan
shug’ullanayotgan agrasanoat birlashmalari bilan hamkorlikda (shartnoma
asosida) bug’doyning elita va birinchi reproduksiya toyifadagi
urug’lik don yetishtirish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini
bajarish. Buyurtma bo’yicha ushbu ishlanmani amaliyotga joriy qilish
mumkin.
Mualliflar: k.b.n. Djabbarov I.Sh., d.b.n. Ismailov Z.F.
YaDRO-FIZIKAVIY USULLAR
YoRDAMIDA O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI SUG’ORILMAYDIGAN HUDUDLARINING YeR MAYDONLARIDA TUPROQNING
YeMIRILISh (EROZIYa) DARAJASINI O’RGANISh
Qo’llanilishi: ushbu yaratilgan
usul tuproqni yemirilish darajasini baholashda qo’llaniladi.
Ta’rifi: Hozirgi vaqtda
iqtisodiyotning jadal
sur’atlar bilan rivojlanishi, insoniyat tomonidan atrof-muhit
ekologiyasiga kuchli ta’sir ko’satilishi tufayli butun dunyoda, shu
jumladan O’rta Osiyo yerlarida tuproqning yemirilish darajasini baholash
va uni o’rganish uchun yangi sarf xarajati kam bo’lgan usullar ishlab chiqish
katta amaliy ahamiyatga egadir. Tuproq eroziyasi darajasini o’rganishda
radionuklidlarning yerga tarqalish taqsimoti usuli AQSh, Yevropa va Avstraliya
mamlakatlarida muvaffaqiyatli qo’llanilgan. Ushbu usul
yaratilishining nazariy modeli
Buyuk Britaniyaning Eksetter universitetining
professori D.B.Vallingom tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, SamDU
ilmiy-izlanuvchilari tomonidan O’zbekiston sharoitiga moslashtirilgan.
O’rganilayotgan
tuproq namunasi tarkibidagi 137Ss radionuklidi faolligining
yemirilishga uchramagan sof holdagi tuproq tarkibidagi ushbu radionuklidning
aktivligidan kamligi yemirilish darajasi to’g’risida, ko’pligi esa uning tuplanish
darajasidan ma’lumot beradi. Bu esa sifatiy jihatdan baho berib, miqdoriy
jihatdan baholashda esa 137Ss
radionuklidi aktivligi kamayishining ko’pligiga nisbati hamda yemirilish
va to’planish darajalari nisbatlari munosabatlari o’rnatilishi
lozim.
Asosiy xarakteristikalari: Belgilangan massa
birligiga to’g’ri keluvchi tuproq namunasi tarkibidagi 137Ss
radionuklidining faolligi to’g’ridan-to’g’ri bir
marotaba o’lchash usuli bilan amalga oshiriladi. 137Ss
radionuklidi faolligini kayd etuvchi
spektrometr,
Ishlab chiqilgan usulning bosqichi: yaratilgan usul
O’zbekiston Respublikasining turli hududlarida dastlabki sinab
ko’rish bosqichida.
Hamkorlik bo’yicha takliflar: Buyurtma asosida
katta hajmda izlanishlar olib borish, ho’jalik shartnomalari tuzish va
qo’shni mamlakatlar miqyosida tadbiq etish.
Mualliflar: Samarqand Davlat
universiteti, Qishloq xo’jalik va suv vazirligiga qarashli
Qorako’lchilik ilmiy-tekshirish instituti, Respublika Fanlar
Akademiyasining Samarqand bo’limi va hamkorlikda School of Geography and
Archaeology, University of Exeter, UK. dos. Xushmurodov Sh.X., f.m.-f.n.
Safarov A.N., dos. Nosirov M.
ZAHARLI VA PORTLOVChI GAZLARNI
ANIQLASh UChUN SELEKTIV TERMOKATALITIK SENSORLAR
Asbobning tavsiya
etilish sohasi: Ishlab chiqarish korxonalari chiqindilari ichida
SO, ammiak, N2, gidrazin, metan va uglevodorod bug’lari singari
zaharli va portlovchan birikmalar muhim o’rinni egallaydi.
Ma’lumki, bu birikmalar yengil alangalanuvchi, portlovchan va o’ta
zaharli birikmalardir. Shu sababli ushbu birikmalarning konsentrasiyasini
nazorat qilish muhim vazifalardan biri. Keltirilgan dolzarb muammolarni hal
etish avtomatik usullar yaratish hamda sensor va gazoanalizatorlarni ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish bilan amalga oshirish mumkin.
Qo’llanmasi:
Bu yo’nalishda yuqoridagi komponentlarni termokatalitik usulga asoslangan
avtomatik nazorat qilish yo’li istiqbollidir. Yuqoridagilardan zaharli va
portlovchan birikmalarni aniqlovchi selektiv termokatalitik sensorlarning yangi
avlodini yaratish dolzarb muammoligi kelib chiqadi. Ushbu ishlanmaning maqsadi
yuqori metrologik ko’rsatgichlarga ega bo’lgan termokatalitik
usullarni yaratish va ular asosida SO, ammiak, N2, gidrazin, metan
va uglevodorod bug’lari konsentrasiyaning keng oralig’ida
aniqlovchi sensorlar ishlab chiqish. Ularni tekshirish va ishlab chiqarishga
tadbiq etish.
Asosiy xarakteristikalari:
O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida termokatalitik sensorlarni
selektivligini ta’minlash usuli yaratilgan. Yonuvchan birikmalarni
ularning konsentrasiyaning keng oralig’ida yuqori selektivlikda
aniqlovchi termokatalitik sensorlar tayyorlangan. Ushbu sensorlar atrof-muhit
ekologiyasi tozaligini ta’minlash va turli texnologik jarayonlarini
boshqarish, avtotransport vositalarini xavfsiz harakatlanishini
ta’minlash, energetika va boshqa sohalarda muhim ijtimoiy, ekologik,
iqtisodiy muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega. Atrof-muhit
ekologiyasini nazorat qilish tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalarida bu
sensorlardan foydalanish turli yong’inga qarshi chora-tadbirlar hamda
texnika xavfsizligini ta’minlaydi. Texnologik jarayonlarni boshqarishga
va ekologik holatni yaxshilashga imkon beradi.
Xuquqiy muhofaza
hujjatlari: ushbu sensorlar “GA-SO”, “GA-SO-O2-SO2-α”
singari analizatorlar tarkibida Respublika davlat standartlashtirish idorasi
sinovlaridan muvofaqqiyatli o’tdi. O’zGOSTandart sertifikatlar
raqamlari: № 01.065 va № 6.3263. yaratilgan sensorlar № 4402,
№ 505, № 5269 raqamli patentlar bilan himoyalangan.
Ishlalanmaning
holati: SO, ammiak, N2, gidrazin, metan va uglevodorod
bug’larini aniqlovchi sensorlarni tajribaviy namunalarini ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin.
Hamkorlikka
takliflar: Buyurtma bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish
va xo’jalik shartnomalari tuzish mumkin.
Mualliflar:
k.f.d. Abduraxmanov E., asp Tillayev S. Inj. Gaysin A.
VOLTAMPERLI ANALIZ USULLARINI O’TKAZIShNING KOMPTERLI KOMPLEKSI
Asbobning tavsiya
etilish sohasi: Analiz jarayonida operativ nazoratning imkoniyati mavjuligi;
yacheykaning avtomatik tarzda yoqilishi va o’chirilishi; voltamperometrli katodli va anodli inversiya holatlarida ishlash mumkinligi; potensiallar razverstkasining kengaytirilgan tezliklar diapazoni,
signalning raqamli filtrasiyasi, natijasida qator metallarni aniqlashning sezgirligi oshadi.
Tasnifi: Bu ishda, shaxsiy
kopmyuterga ulanish orqali,
·
Og’ir
metallar piklarini aniqlash;
·
Voltamperli
chiziqlarni qayta ishlash;
·
Analiz
natijalarini rasmiylashtirish;
·
Jadvallar va
grafikli usulda ma’lumotlar arxivini
yaratish;
·
Pribor bilan
ishlash imkoniyatlarini urganish yengilligi.
Asosiy xarakteristikalari: Sezgirligi, mkg/dm3
– 0,5 (I); 0.01 (Cd, Pb, Cu); 0.05 (Zn); 0.001 (Hg); 0.5 (As),
Konsentrasiyalarni aniqlash chegaralari, mkg/dm3,
0,005-100 (Hg); 1-1000 (Zn); 1-1200 (As); 2-20000 (I); 1-1000 (Pb, Cd, Cu);
nisbiy xatolar, %, ± 20 (Zn,
Hg); ±20 (As), ±20 (I),
± (Pb, Cd, Cu); bitta analizning
vaqti, min. 3-30; Probalarning sarfi, sm3, 25-50;
Kuchlanish (50 Gs), V 220.
Ishlanmaning tayyorlik
holati: Laboratoriya tadqiqotlari amalga
oshirilgan. Ustanovkani sinovi o’tkazilgan va uning ishlash jarayoni nazariy
jihatdan isbotlangan.
Hamkorlik
uchun taklif: Og’ir metallarni aniqlash
bo’yicha shartnomalar asosida tadqiqotlar olib borish.
Mualliflar:
Nasimov A.M. - professor, d.t.n., anorganik kimyo
kafedrasi mudiri; Aronbayev D.M. - dosent, k.x.n.; Aronboyev S.D.- anorganik
kimyo kafedrasi magistranti; Nasыrov R.N.- katta ilmiy xodim.
TURLI XIL MAHSULOTLARNI OLISh UChUN
XO’JALIKDAN ChIQADIGAN QATTIQ ChIQINDILARNI QAYTA IShLASh
Qo’llanilishi:
sertifikatlangan usullarni qo’llab, chiqindilarni qayta ishlash va ular
asosida tovarli yarim xomashyolarni, issiqlik va elektr energiya mahsulotlarini
olish texnologiyasini ishlab chiqarish.
Tasnifi:
Taklif etilgan kompleks texnologiyalar qattiq xo’jalik chiqindilarini
(QXCh) qayta ishlash rentabel ishlab chiqarish sferasiga o’tkazish
mumkinligidan va shahar xo’jaligining yuqori chiqindili sohasini
utilizasiya qilishdan iborat.
Berilgan
texnologiya kashf etilayotgan kompleksda quyidagi etaplardan tashkil topadi:
·
Oldingi
sortirovkasi va QXCh separatlash;
·
QXCh
tayyorlash;
·
Metallolom (qora va rangli)
ajratish;
·
Piroliz va olov bilan ishlov
berishdan iborat qayta ishlashning termokimyoviy texnologiyasi;
·
Yuqori haroratli shaxta pechlarida
QXCh plazmali qayta ishlash;
·
aerob (kislorod mavjudligida) va
anaerob (kislorodsiz) metodlardan iborat bo’lgan QXCh qayta ishlashning
biologik texnologiyalari.
QXCh
kompleks qayta ishlashni ishlab chiqarishdan foydalanish planini ishlab
chiqarishda va shahar zonalarida QXCh olib chiqish vaqtidan boshlab asosiy
texnologiya etaplari qisqa ko’rib chiqilgan.
Asosiy
harakteristikasi: Samarqand shahrida hosil bo’layotgan QXCh qayta
ishlash va utilizasiyalash hamda avvalgi chiqindilarni ishlab chiqarish
jarayoniga kirgizish.
Ishlanmaning
holati: Ishlab chiqarishga qullash uchun tavsiya qilish mumkin.
Hamkorlik haqida
taklif: QXCh qayta ishlashda Samarqand shahri hokimiyati, mahalla
komitetlari, universitet xodimlarini, xususiy shaxslarni jalb etish bilan birga
YoAJ tashkil etish.
Mualliflar:
akad. Xamrakulov T.K., prof. Nasimov A.M. (Samarqand Davlat universiteti).
SAMARQAND VILOYaTI O’LKAShUNOSLIK ATLASI
Ishlatilish sohasi: «Samarqand viloyati
o’lkashunoslik atlasi» akademik lisey va kasb-hunar kollejlari
hamda umumta’lim maktablari uchun o’quv qo’llanmasi
bo’lib xizmat qiladi. Atlas nafaqat geografiya darslarini o’tishda
balki tarix, biologiya, tabiatni muhofaza qilishda hamda turistik firma va
sog’liqni saqlash sohalarida ham qo’llanilishi mumkin.
Tasnifi: Mazkur atlas 40 ta A4 formatdagi turli umumgeografik
va mavzuli kartalardan tashkil topgan. Ularda asosan viloyatning geologik
tuzilishi, relyefi, iqlimi, yer osti va usti suvlari, tuproq va o’simlik
qoplami, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalari, aholi zichligi va
o’sishi, og’ir, yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining
joylashishi, paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik, transport turlari,
irrigasiya va meliorasiya sohalari, xalq ta’limi, sog’liqni
saqlash, madaniyati, xalq hunarmandchiligi va boshqalar tasvirlangan. Alohida
kartalarda viloyatning arxeologik tarixi va mehnat yodgorliklari, turistik
obyektlari, rekreasion resurslari, ekologik xolati, atrof-muhitni muhofaza
qilish va boshqalar ko’rsatilgan. Shular bilan birga atlasda Samarqand
shahrining sxemasi, mashhur arxetektura yodgorliklar berilgan. Atlasda bu
ma’lumotlar viloyatning xar bir o’quvchisi uchun kundalik
foydalaniladigan qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Asosiy xarakteristikalari: O’lkashunoslik
atlasi Samarqand viloyatining tabiiy va iqtisodiy sharoitlari, turistik va
rekreasion resurslari, ekologik vaziyati xaqida keng ma’lumotlarni
o’zida mujassamlashtirgan. Atlasdan nafaqat umumta’lim va maxsus
ta’lim o’quchilari balki, oliy ta’lim muassasalarining talabalari
va o’qituvchilari, tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi xodimlari,
turizim va tibbiyot mutaxassislari, rekreasion resurslar tashkilotlarining
xodimlari ham foydalanishi mumikn. Atlasda kartalardan tashaqari turli xil
jadvallar va diagrammalar, rangli fotosuratlar ham berilgan.
Tayyorlik darajasi: Atlasning
barcha kartalari uchun maketlar tayyorlangan, zaruriy ma’lumotlar
to’plangan va Toshkent Kartografiya fabrikasi bilan chop etish masalalari
kelishilgan.
Hamkorlik bo’yicha takliflar: Samarqand
viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi va Akademik lisey va kasb hunar
kollejlari Boshqarmasi bilan shartnomalar tuzilgan.
Mualliflar: SamDU
dosenti Raxmatullayev R.A., o’qitituvchi Mamajonov R.I. va O’zMU
professori Mirzaliyev T.M..
URUG’LIK
KARTOShKA YeTIShTIRISh TEXNOLOGIYaSI
Qo’llanish
sohasi: O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi
vazirligi, kartoshka yetishtiruvchi fermer va dehqon xo’jaliklari.
Qisqacha mazmuni:
DITD – 8 dasturi bo’yicha A-8-109 raqamli Davlat granti asosida
«O’zbekiston tog’ oldi mintakasida urug’lik kartoshka
yetishtirishning ilmiy asoslari» mavzusidagi 2006 - 2008 yillarga
mo’ljallangan Davlat granti yakunlanmoqda. Joriy qilishni davom ettirish
uchun moliyaviy mablag’ ajratish talab qilinadi.
Muallif
tomonidan yaratilgan yangi texnologiya jadallashgan uslubda kartoshkaning elita
urug’larini yetishtirish texnologiyasi bo’lib, u quyidagi
jarayonlarni o’z ichiga oladi; soglom dastlabki materiallarni tanlash,
yetishtirish rejimini yaratish, urug’lik materialini tanlash va saqlash,
urug’likni yorug’likda nishlatish, ekish, o’simliklarni
parvarish qilish, fitosanitar tozalash tadbirlari zamonaviy uslublar asosida
bajariladi. Ushbu texnologiyani joriy qilish orqali O’zbekistonning
tog’oldi hududlarida kartoshka hosildorligini 5-6 t/ga oshirish mumkin.
Asosiy tasnifi:
Urug’chilikni tashkiliy va texnologik jihatdan to’g’ri olib
borish sog’lom urug’lik materiallaridan foydalanib, hosildorlikni
va hosilning sifatini yaxshilaydi. Dastlabki urug’chilik paykallarida
klonli tanlash uslubi orqali kartoshkaning saralangan elita urug’lari
yetishtiriladi.
Klonli
tanlash uslubi aynigan, virusga chalingan va boshqa kamchiliklari bo’lgan
o’simliklarni braka chiqarib, sog’lom urug’lik yetishtirishga
asoslangan texnologiya hisoblanadi.
Ishlanmaning
holati: O’zbekistonning tog’oldi mintaqasida
kartoshkaning elita urug’lari yetishtirish texnologiyasi ishlab
chiqarilgan.
Hamkorlik
to’g’risida taklif: Kartoshka yetishtiruvchi fermer
xo’jaliklari bilan shartnoma tuzilgan holatda ularga amaliy yordam
ko’rsatiladi. Shartnomani qishloq va suv xo’jaligi vazirligi bilan
ham yo’lga qo’yish mumkin.
Ishlanma muallifi:
qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dosent Abduraximov M.
MIRZAChO’LNING
ShO’RLANGAN TUPROQLARI ShAROITIDA KARTOShKA YeTIShTIRISh TEXNOLOGIYaSI
Qo’llanish
sohasi: O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi
vazirligi, kartoshka yetishtiruvchi fermer va dehqon xo’jaliklari.
Qisqacha mazmuni:
Ko’p yillik tajribalar natijasi asosida Mirzacho’lning
sho’rlangan tuproq iqlim sharoitida kartoshka yetishtirish texnologiyasi
ishlab chiqiladi. Hozirgi paytda umumiy texnologik jarayonlarni ishlab
chiqarishni yakunlash va yetishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini
nixoyasiga yetkazish uchun ilmiy tadqikot ishlari olib borilmoqda.
Ushbu
tadqiqotni joriy qilish uchun almashlab ekish dalalarda kartoshkani
joylashtirish, tuproqqa ishlov berish, sug’orish va o’simliklarni
parvarish qilish texnologiyasini takomillashtirish uchun dala tajribalari olib
boriladi. Mirzacho’lning jazirama issiq iqlimi sharoitida yaratilgan
yangi texnologiya asosida kartoshkadan 4-5 t/ga ko’p hosil olish
mumkinligini tajribalar isbotladi. Bahorda ekishni optimal muddatda
o’tkazish, yangi ilg’or ustirish texnologiyasini joriy qilish
orqali tuproq ikkilamchi sho’rlanishining oldi olinadi, tuproq
agroekologik muhiti yaxshilanadi.
Asosiy tavsifi:
Yaratilgan bu texnologiya orqali ertagi muddatda sifatli hosil yetishtirilib,
mahalliy aholini shu yerda yetishtirilgan kartoshka mahsuloti bilan
ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Bu texnologiya yuqori iqtisodiy samara
beradi.
Ishlanmaning holati:
Mirzacho’lning sho’rlangan tuproq-iqlim sharoiti uchun kartoshka
yetishtirish texnologiyasi yaratilgan.
Hamkorlik
to’g’risida taklif: Kartoshka yetishtiruvchi fermer
xo’jaliklari bilan shartnoma tuzilgan holatda ularga amaliy yordam
ko’rsatiladi. Shartnomani qishloq va suv xo’jaligi vazirligi bilan
ham yo’lga qo’yish mumkin.
Ishlanma muallifi:
qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dosent Abduraximov M.
VERTIKAL RAZVEDKA TOG’ IShLANMALARI
ANKER-SOChMABETON MUSTAHKAMLAGIChI PARAMETRLARINI HISOBLASh GEOMEXANIK MODELI
Ishlatilishi: tog’
ishlanmalari, xususan kichik vertikal shaxta devorlarini mustahkamlashga imkon
beruvchi, tarkibi temir-beton ankerlar va sochmabetondan iborat, metall
to’rdan foydalanilgan yoki foydalanilmagan kombinasiyalashgan anker-sochmabeton
mustahkamlagich parametrlarini hisoblashda; bunday mustahkamlagichdan vertikal
razvedka tog’ ishlanmalari devorlarini mustahkamlashda foydalanish,
mustahkamlagichning o’zining
va uni qurish texnologiyasining arzonligi uchun xarajatlarni bir necha
barobar kamaytirishga, qazish tezligini oshirishga, chet ellardan turli xil qimmat narxdagi mustahkamlagich va
materiallarni sotib olish va tashib keltirish uchun ketadigan moliyaviy
ashyolarni tejab qolishga imkon beradi.
Tavsifi: hisoblash modeli vertikal
razvedka tog’ ishlanmalari anker-sochmabeton mustahkamlagichining
hamma parametrlarini hisoblashga va
optimallashtirishga hamda yopiq formulalar, analitik tablisalar va grafiklar
ko’rinishida topishga imkon beradi. Bu yerda quyidagilar bilan
bog’liq muhim masalalarni hisoblash imkoniyati tug’iladi:
- anker
mustahkamlagich optimal parametrlarini tanlash va uriladigan sochmabetonning
qalinligini, sochma betonni bir marta urish bilan erishiladigan 3-3,5 sm gacha kamaytirish
(monolit beton qalinligiga nisbatan o’n va undan ko’proq marta kam)
bilan;
- bunday
mustahkamlagichni professor M.M.Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik
koeffisiyenti f = 4-5 va bundan
yuqoriroq bo’lgan “yumshoq” tog’ jinslari uchun
qo’llash bilan;
-
loyihachi-muxandislarni murakkab hisoblash ishlaridan ozod qiluvchi va ShEHM ni qo’llashni ko’zda
tutuvchi mustahkamlagich optimal parametrlarini tanlash matematik modelini
yaratish bilan;
- Markaziy
Osiyo tog’-geologik sharoitlarida vertikal razvedka tog’
ishlanmalarini qazishda anker-sochmabeton mustahkamlagichlarni qurish
texnologiyalarini takomillashtirish masalalari bilan.
Asosiy xarakteristikalar: bu model
vertikal shaxta uchun anker-sochmabeton parametrlarini hisoblash usulini; elastik-deformasiyalanuvchan
ulanma bilan mahkamlangan va sirt bilan mahkamlanmagan qatlam deformasiyalarini
hisoblash algoritmi va dasturini; ko’ndalang kesimi doiraviy va
to’rtburchakli vertikal bo’yicha joylashgan ustun qatlamlari orasidagi
masofani aniqlashni; quduqlarning yopiq qismlari uzunligini, uskuna zichligini,
kesimdagi ankerlar mustahkamlik chegarasini; sochmabeton qalinligini aniqlashni
o’z ichiga oladi.
Ishlanma holati: tugallangan.
Hamkorlik bo’yicha
takliflar: ishlab chiqarishda ishlanma qudug’i hisobiga qo’llash
bo’yicha tadqiqotlar, ishchi xodimlarni ishlanmani qo’llashga
o’rgatishga va uni qo’llashga oid xo’jalik shartnomasi
tuzish, O’zbekistonning tog’-geologik sharoitida aniq vertikal
razvedka ishlanmalarini mahkamlash
uchun kombinasiyalangan anker-sochmabeton mahkamlagichlarni qo’llash va
ularni hisoblash bo’yicha sharnoma tuzish va boshqa hamkorliklar nazarda
tutiladi.
Mualliflar: texnika
fanlari doktori, professor X.Xudoynazarov, tadqiqotchilar M.B.Karimov va
Sh.Burqutboyev.
EKIShDAN OLDIN G’O’ZA VA
G’ALLA URUG’LARIGA TERMIK
USULDA IShLOV BERISh
Tavsiya etilish
sohasi: O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi
vazirligi. G’alla va paxta ekinlarini yetishtiruvchi fermer
xo’jaliklari.
Qisqacha mazmuni:
tukli g’o’za va g’alla urug’larini ekishdan oldin
termik uslub bilan ishlov berish agregati ishlab chiqildi: hajmli idish,
urug’ uchun temir setka, katta chulpi, termometr, gaz manbai, suv manbai,
beton maydoncha va 2 ta belkurak. Ushbu agregatni ishlash mexanizmi quyidagilarni
o’z ichiga oladi, ya’ni chigit va g’alla urug’ini 35-600S
haroratda 35 daqiqa
aralashtirilishi va betonli maydonchaga 5 sm qalinlikda shamollatish
maqsadida yoyilishi.
Agregat
1 saot ichida
Asosiy tasnifi:
tukli chigit va g’alla urug’larini ekishdan oldin termik uslub
bilan ishlov berish agregatni keng miqiyosda ishlatilishi; kimyoviy
preparatlarga sarf qilingan iqtisodni tejaydi; qishloq xo’jalik
o’simligi hosildorligi oshadi; tuproqni kimyoviy preparatlar bilan
ifloslanishiga chek qo’yiladi. Ishlab chiqilgan agregat ham kichik, ham
katta fermer xo’jaliklarda qo’llanilishi mumkin.
Ishlanmaning
holati: Samarqand viloyatining Paxtachi, Pastdarg’om, Jomboy
va Urgut tumanlarini ayrim fermer xo’jaliklarida ekishdan oldin
g’o’za va g’alla urug’larini termik uslub bilan ishlov
berish agregati sinovdan samarali darajada o’tdi.
Hamkorlikka taklif:
buyurtma bo’yicha keng miqyosdagi tadqiqotlar
o’tkazish va xo’jalik shartnomalarini tuzish mumkin.
Muallif:
b.f.n., dos. D.Nasrullayev
PAXTAChILIKDA
MIKROELEMENTLARNI QO’LLASh HAQIDA
Ishlatilish sohasi:
paxtachilikda asosiy o’g’itlar (azot,
fosfor, kaliy) bilan bir
qatorda ayrim mikroelementlarni (mis,
marganes, bor va boshqalar) qo’llash yuqori samara berishini ilmiy asosladilar. Shuning asosida
ishlab chiqarishga maxsus tavsiyanomalar ham berilgan edi. Ammo, hozirgi
kungacha paxtachilikda asosiy o’g’itlar qo’llaniladi, lekin mikroelementlar
qo’llanilmaydi. Shuning uchun ham, qo’llanilayotgan asosiy
o’g’itlarning bir qismi o’simliklar tomonidan o’zlashtirilmaydi va tuproqda qolib
ketadi. Qo’llaniladigan mikroelementlar
esa asosiy o’g’itlarning o’simliklar tomonidan
o’zlashtirilish mikdorini oshiradi. Undan tashqari ular bahor paytlarida sodir bo’ladigan qisqa muddatli sovuqlarga yosh
maysalarning chidamliligini
oshiradi. Natijada, ularning saqlanib qolishi, o’sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir
etadi.
Ayniqsa, g’o’zaning shonalash va gullash
bosqichlarida havo haroratining yuqori bo’lishi, suv tanqisligining
yuzaga kelishi gullarning changlanish darajalariga salbiy ta’sir etadi.
Bu paytda ularni ayrim mikroelementlar (bor kislotasi) bilan
oziqlantirish ijobiy natijalar beradi, chigitlarning sifatini oshiradi. Shuning
uchun ham bu usulni g’o’za urug’chiligi xo’jaliklarida
qo’llash yaxshi samara beradi.
Tasnifi: o’tloq bo’z tuproqli sharoitida asosiy
o’g’itlarning azot - 300 kg/ga, fosfor - 240 kg/ga, kaliy-180 kg/ga
va tipik bo’z tuproqlari sharoitida esa, azot - 250 kg/ga, fosfor - 175
kg/ga, kaliy - 100 kg/ga berilishi eng maqbul natijalar olib kelishi mumkinligini aniqladilar. Ammo, bu
me’yorlar yaxshi natija berishi uchun ular mikroelementlar bilan
birgalikda ta’minlanish zarurati mavjud. Buning natijasida ekish uchun tayyorlangan
chigitlar toza suv o’rniga mikroelementlar (missulfat, marganessulfat)
tuzlari eritmasida ivitiladi. G’o’zaning shonalash va gullash
fazalarida esa, ularga bor kislotasi eritmasi purkash tavsiya
etiladi. Bu jarayonlarni o’tkazish faqat kafedra a’zolarining
nazorati ostida bo’lishi shart. Chunki, mikroelement turlari ularni
qo’llash usullari, konsentrasiyalari va boshqalar to’g’ri va zaruriy muddatlarda o’tkazilishi muhim
ahamiyatga ega.
Muallif: SamDU professori J.X.Xo’jayev
SAMARQAND VILOYaTI ShAROITIDA GREChIXA YeTIShTIRISh
MUMKINLIGI HAQIDA
Ishlatilish sohasi:
grechixa doni yuqori ozuqali va
ma’zali ta’mga ega bo’lib, undan asosan parhyez taomlari
tayyorlanadi. Chunki, grechixa donlari tarkibida yengil
o’zlashtiriladigan oqsillar, yog’lar va uglevodlardan tashqari juda
ko’p ma’danli tuzlar, organik kislotalar, vitaminlar,
mikroelementlar va boshqalar mavjud. Uning tarkibida organik kislotalarning
bo’lishi ozuqa moddalarning organizmda yaxshi o’zlashtirilishi va hazm
bo’lish jarayonlarini tezlashtiradi. Vitaminlar V1 (tiamin), V2
(riboflavin), RR (nikotin kislotasi) va R (rutin) odam organizmidagi fiziologik
faoliyatda katta rol o’ynaydi. Umuman, grechixadan tayyorlangan taomlar
tarkibida 100 ga yaqin har xil moddalar, shu jumladan odam organizmi uchun juda
zarur bo’lgan almashtirilmaydigan aminokislotalarning hammasi saqlanadi.
Grechixadan tayyorlangan parhyez taomlari davolash muassasalarida ham keng
qo’llaniladi. Ilmiy asoslangan me’yorlar bo’yicha har bir kishi yil davomida
Tasnifi:
Respublikamizda grechixa mahsulotlariga bo’lgan talabni boshqa
mamlakatlardan olib kelish hisobiga ta’minlash ancha qimmatga tushadi.
Mustaqil Respublikamizda grechixa yetishtirishni yo’lga qo’yish,
hosil miqdorini oshirish, hosil sifatini yaxshilash va grechixa donlariga bo’lgan talabni
to’la qondirish imkoniyatlari mavjud. Samarqand viloyati hududida
grechixa yetishtirishning ilmiy asoslangan texnologiyasi ishlab chiqildi.
Zarafshon daryosiga yaqin joylashgan hududlarining sug’oriladigan
yerlarda grechixadan, yiliga ikki marta hosil olish imkoniyatlari mavjud.
Mintaqaning
tuproq iqlim sharoiti va ekinning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib,
grechixani bir yilda ikki marotaba
- birinchi muddati: 10-20 aprelgacha, ikkinchi muddati: g’alladan
bo’shagan yerlarga – takroriy ekin sifatida 10-20 iyulgacha
ekilganda har gektar hisobiga 18-20 sentnergacha hosil olish mumkin.
Yuqoridagilardan
kelib chiqib, mavjud shart-sharoitni hsobga olib Samarqand viloyatining
Oqdaryo, Payariq va Jomboy tumanlaridagi hududlarda grechixa yetishtirish
maqsadga muvofiqdir.
Muallif:
SamDU professori J.X.Xo’jayev
ARTIShOK (CYNARA SCOLYMUS)
Tarqalishi: Artishok (Cynara scolymus) murakkabguldoshlar oilasiga mansub o’simlik
bo’lib, O’rta Yer dengizi atrofi mamlakatlarida, Kanar orollarida,
Afrikaning shimoliy qismida madaniy holda esa asosan Yevropa va Janubiy
Amerika mamlakatlarida
o’sadi.
Tasnifi:
Artishok issiq va sovuq iqlimga ancha chidamli o’simlik bo’lib, 500S
issiqlik va 12-17 0S sovuqda ham bemalol o’sadi. Uning barglari qor ostida yashil holatda saqlanadi va ana
shunday maydonlarda qish faslida chorva mollarini boqsa ham, bahorda yana tezda
tiklanadi.
Tarkibi: Yashil massasi tarkibida: uglevodlar –10,7 %, azotli
moddalar –1,6%, kletchatka-7%, yog’lar-2,5%, kul-1,6-2,5%,
B.E.V.-12,1%, karotin-9,5 % mg/100g, askorbin kislotasi-88,6 mg/100g ni tashkil
etadi.
Ishlatilish
sohasi: Artishokning yashil massasi sersuv
shirador bo’lib, undan silos, senaj va quruq yem-xashak, pichan
tayyorlash mumkin. Tajribalarimizning ko’rsatishicha artishok O’rta
Osiyo, jumladan O’zbekiston sharoitida ham yaxshi o’sib mo’l
hosil beradi. Agar to’g’ri agrotexnik tadbirlar asosida ekib,
o’stirilsa, har gektaridan 100 tonnagacha yashil massa
olish mumkin. Bundan tashqari, urug’idan 30% gacha texnik yog’
olish mumkin.
Artishokning
eng muhim xususiyati uni suv tanqis bo’lgan maydonlarda ham o’stirib mo’l hosil olish mumkin.
Muallif: dosent X.N.Normurodov, assistent Z.B.Nomozova
ChAKANDA (HIPPOHAE RHAMNOIDES)
Tasnifi: Chakanda jiydadoshlar oilasiga mansub bo’lib,
O’zbekistonning daryo bo’ylarida keng tarqalgan, asosan Zarafshon
vodiysida o’sadi. Chakanda muhim mevali, dorivor o’simlik hisoblanadi.
Hayotiy shakli-bo’ta yoki daraxtsimon bo’ladi.
Ishlatilish
sohasi: Bu o’simlik qadimdan xalq
tabobatida ishlatilgan. Chakanda mevasi tarkibida yog’, organik
kislotalar, dubil moddalar, flavanoidlar, shakarlar, biologik faol moddalar, 12
xil vitamin va 15 xil
mikroelementlar topilgan. Tabiiy sharoitda yovvoyi chakandazorlar mavjud.
Chakandalar har xil ko’rinishga ega bo’lib, butasimon, daraxtsimon, ko’p tikanli,
o’rta tikan va kam tikanli bo’lishi mumkin. Mevalari ham har xil
bo’ladi.
Tarqalishi: Bugungi kunda chakandaning
tarqalishi va kopleks saqlanishi muammolari o’rganilmoqda.
Asosiy
e’tibor uni ko’paytirish uslublariga qaratilgan. Chakanda asosan urug’i va qalamchalaridan yaxshi
ko’payadi. Shuning uchun, uning istiqbolli navlarini ajratish va
madaniylashtirish formologiya sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Muallif: dosent
F.J.Qobilova
Samarqand Davlat
universitetida bajarilayotgan
innovasion
loyihalar
(2007-2008 yillar)
Ilmiy
tadqiqotlarning maqsadi va vazifasi: tabiiy metan
gazini aniqlovchi termokatalitik sensorning ishlab chiqarish uchun tegishli texnik
va konstruktorlik xujjatlarni tayyorlash, uning texnologiyasini yaratish xamda sensorning
tajribaviy namunasini ishlab chiqarish va dastlabki sinovlardan utkazishdan iborat.
Loyiha
bo’yicha belgilangan rejaga muvafiq tabiiy metan gazini aniqlovchi termokatalitik
sensorning ishlab chiqarish uchun zarur bulgan tegishli texnik va konstruktorlik
xujjatlari tuplami tayyorlandi. Tabiiy gazni organik va noorganik gazlar aralashmalar
tarkibidan selektiv aniqlovchi termokatalitik sensor sezgir elementlari uchun katalizatorlar
sostavi tanlandi va uni tayyorlash texnologiyasi yaratildi. Tabiiy gazning selektiv
aniqlovchi termokatalitik sensorlarning tajribaviy namunalari tayyorlandi (jami
10 ta sensor) va ular dastlabki sinovlardan o’tkazildi.
OID-1-8 «Qishloq xo’jalik ekinlari
himoyasida uyg’unlashgan tizim
asosida tuproq mezofauna va entomofaunasini tiklashda termik
usulni joriy etish»
Olib
borilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadi: Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadi,
g’o’za va g’alla urug’larini termal usulda ishlov berilib
ekish (amaliyot) va urug’larni ananaviy usulda dorilab ekilgan (nazorat) maydonlarida
urug’larni unib chiqish muddatlarini, unib chiqqan nihollar sonini aniqlab hisobga olib borish.
Unib chiqgan nihollarda g’o’za o’simligida, urug’ unib chiqgunga qadar urug’
chirish, nihollar unib chiqish davrida ildiz chirish, rivojlanish davrida gammoz
va vilt kasalliklariga chalinishini, g’allada ham ekilgan urug’ unib
chiqgunga qadar urug’ chirish, nihollar unib chiqish davrida ildiz chirish,
o’simliklarni rivojlanish davrida zang, chang korakuya va tosh qorakuya kasalliklariga
chalinish darajasini aniqlab borish.
G’o’za va g’alla ekilgan amaliyot va nazorat
maydonlaridagi ekinlarda uchraydigan kasalliklarni hisobga olish bilan bir vaqtda
o’simliklarga zarar keltiradigan zararkunandalar ularning tabiiy entomofaglari
va tuproq mezofaunasi hamda entomofaunasini
urganib borish, kuchli zararlangan deb topilgan maydonlarda uyg’unlashgan
tizimda chora-tadbirlarni o’tkazish, o’tkazilgan chora-tadbirlarni texnik
samaradorligini aniqlab borish.
Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotning vazifalari, Termal usulda ishlov berilib ekilgan maydonlarda
va ananaviy usulda dorilab ekilgan maydonlarda usayotgan g’o’za va g’alla
ekinlarini rivojlanish fazalariga qarab, ularni kasalliklarga chalinish darajasini,
zararkunandalar bilan zararlanish darajasini aniqlab hisobga olib borish, urug’lari
dorilanib ekilgan maydonlarda o’sayotgan o’simliklarni kasalliklarga
chalinishi va zararkunandalar bilan zararlanish darajasini taqqoslab borish.
Urug’lari termal usulda ishlov berilib ekilgan (amaliyot)
maydonda va ananaviy usulda urug’lari dorilanib ekilgan (nazorat) maydonida
raskopka o’tkazish usuli bilan tuproq mezofaunasini va entomofaunasini tuproqda
raskopka utkazi usuli bilan urganib borish, o’simliklarni rivojlanish fazasiga
qarab hosildorligini aniqlash, termal usulni keng joriy qilish yo’li bilan
aholini ekologik toza mahsulotlar bilan ta’minlash va atrof muhitni zaharlanishdan
saqlash.
loyiha bo’yicha ilmiy-amaliy ishlarni bajarish maqsadida Samarqand
viloyati Jomboy
tumani X.N.N.- elita paxta urug’chiligi xo’jaligi va Paxtachi
tumani «Navruz-Po’latchi» MMTP xududidagi «Azizbek Nomozov» fermer xo’jaliklaridan
2006-yil kuzda g’alla ekish maqsadida amaliyot va nazorat maydonlari ajratib
olindi amalyot maydonida urug’
termik usulda ishlov berilib ekildi, nazorat maydonida urug’ ananaviy usulda
dorilanib ekildi, shu maydonlarda kuzatish ishlari kuzda o’simliklarni unib
chiqishi va tuplanish davri urganilib borildi.
Bahorda
aprel oyidan boshlab amaliyot maydonlari g’alla, o’simliklarni rivolanish
fenologiyasiga qarab, kasalliklar, zararkunandalar
soni tuproqda yer kovlash ishlari o’tkazilib, tuproq mezofaunasi va entomofaunasi
o’rganilib borildi.
Termik usulda ishlov berilib
ekilgan maydonlarda va ananaviy usulda urug’i dorilanib ekilgan g’alla
maydonlariida taqqoslash ishlari olib borganimizda urug’i termik usul bilan
ishlov berilib ekilgan g’alla nihollarini bir tekisda unib chiqganligi urug’
chirish, ildiz chirish, chang va tosh qorakuya kasalliklariga chalinmaganligi, g’alla
zararkunandalaridan g’alla tripslari, g’alla shiralari, zararli xasva,
tabiiy entomofaglardan xon qizi, oltin ko’z, nebis xasvalari, jujelisalar va boshqalarni zarar keltirmaydigan darajada rivojlanganligi, tuproq mezofaunasi va entomofaunasi yer kovlab
raskopka o’tkazish yo’li bilan o’rganganimizda, urug’i termik
usulda ishlov berilib ekilgan maydonda,
G’alla
o’simligi pishib yetilgandan keyin termik usulda ishlov berilib ekilgan g’alla
o’simligidan 46,2 sentner o’rniga 62 sentner hosil olinganligi aniqlandi.
Bahorda aprel oyida g’o’za maydonlarida
chigit ekish boshlanishi bilan viloyat hokimini yordami bilan viloyatimizni hamma
paxta ekiladigan tumanlardan 10 gektardan
termik usulda ishlov berilib ekish uchun maydonlar va dorilanmagan chigit ajratilib
berildi, shu asosida laboratoriya ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini o’tkazish
maqsadida Jomboy tumani X.N.N-elita paxta urug’chiligi xo’jaligidan
10 gektar (amaliyot) maydoni va 8 gektar nazorat maydonlari, Paxtachi tumani
«Navruz-Pulatchi» MMTP xududidagi «Azizbek Nomozov» fermer
xo’jaligidan 8 gektar (amaliyot) va 6 gektar (nazorat) maydonlari ajratib
olindi va shu maydonlarda laboratoriya ilmiy amaliy ish rejasiga asoslangan holda, chigitni termik usulda ishlov berilib ekildi,
nazorat uchastkasida esa xo’jalik rejasi asosida dorilangan chigit ekildi, shu maydonlarda
nihollarni unib chiqish muddatlari, tup sonlari 1 pogon metrda va rivojlanish fazasiga
qarab kasalliklarga chalinishi, zararkunandalar soni ularning tabiiy entomofaglari
soni, yer kovlab tahlil qilish yo’li
bilan tuproq mezofaunasi va entomofaunasini miqdori, olib borilayotgan usullarni faunaga ta’sirlari
o’rganilib borildi.
Amaliyot maydonida termik usulda ishlov berilib
ekilgan chigit bir tekisda 3-5 kun davomida unib chiqganligi, urug’ chirish,
ildiz chirish, gammoz va vilt kasalliklariga chalinmay o’simliklarni rivjlanganligi,
g’o’za zararkunandalaridan o’rgimchakkana, o’simlik bitlari,
tripslar, ko’sak qurtini juda kam miqdorda rivojlanganligi, zararkunandalarni
zarar keltirish darajasi kreteriydan past bo’lganligi sababli va tabbiy entomofaglarning
ko’plab rivojlanganligi hisobga olingan holda, hyech qanday kurash chora-tadbirlari
o’tkazilib borildi.
Paxta
hosili 22,5 sentner o’rniga 45,5 sentnerga ko’tarildi, yer suv havo
va atrof muhit zaharlanishdan himoyalanib, tuproq mezofaunasi va entomofaunasi tiklandi.