| MATEMATIKA, MEXANIKA va INFORMATIKA |
Hozirgi zamon tebranishlar nazariyasi va ularning turg’unligini tekshirishda analitik va sonli usullarni yaratish. |
Algebraik va differensial tenglamalarda darajali geometriya masalalari, kompyuter algebrasi. |
Differensial tenglamalarning noklassik masalalari. |
Funksiyalar nazariyasi va optimallashtirish usullari. |
Matematik analiz va uning zamonaviy matematik fizikaga tatbiqlari |
Boshqarish masalalarini yechish va informasiyalarni qayta ishlashning nazariy usullari, matematik modellarini yaratishni boshqarish jarayonini algoritmlashtirish va dasturlash. |
FIZIKA |
Yangi xususiyatli nanostrukturali materiallar olish hamda ularni amaliy fizikada qo’llanish istiqbollarini eksperimental va nazariy tadqiq etish. |
Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasida fizika fani va ta’limining o’rni, sineretikaning ilmiy-nazariy asoslari. |
Radiofaol yadrolarning asosiy va uyg’ongan holatlarining kvant xarakteristikalarini, biologik va geologik namunalar tarkibidagi mikro va tabiiy radiofaol element tarkibini yadro spektroskopiya usuli yordamida aniqlash. |
Koinot elektrodinamikasi va gravitasion ashyoshunoslikni nazariy va amaliy o’rganish. |
Kondensirlangan muhitlar fizikasi va ulardagi molekulyar jarayonlarni spektroskopiya usullari yordamida nazariy va eksperimental o’rganish. |
GEOGRAFIYA |
Janubiy-g’arbiy O’zbekiston muhitini rivojlanishining yo’nalishlari (an’analari) va ularni bashoratlash. |
EKOLOGIYA va TUPROQSHUNOSLIK |
Ekolgik toza va mavjud resurslardan oqilona foydalinishga asoslangan qishloq xo’jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan zamonaviy texnologiyalar yaratish. |
BIOLOGIYA |
Zarafshon vodiysining biologik xilma-xilligining flora va faunasini o’rganish va ulardan foydalanishning rasional usullarini yaratish. |
KIMYO |
Ekoanalitik monitoring sistemasi ishlab chiqish, fiziologik faol moddalar, tabiiy va sintetik materiallar olish usullari. |
TARIX, FALSAFA, SOtSIOLOGIYA |
Talaba-yoshlarni milliy mafkura va milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash, milliy-ma’naviy qadriyatlar, taraqqiyotning falsafiy muammolari va hozirgi zamon jamiyatining sosiologik tahlili. |
O’zbek davlatchiligi va Zarafshon vohasi tarixi, moddiy va ma’naviy madaniyati, etnik tarixi, tarixshunosligi, manbashunos-ligi va ularning Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni. |
O’zbekistonda etnik tolerantlik va kam sonli xalqlar tarixi, madaniyati. |
XUQUQSHUNOSLIK |
O’zbekistonda milliy davlatchilik va huquqning rivojlantirilishi muammolari-ni tadqiq etish. |
ADABIYOTSHUNOSLIK va TILSHUNOSLIK |
Til va adabiyot (o’zbek, tojik rus) tarixining ilmiy asoslarini o’rganish, ularning tarixini davrlashtirish, hozirgi o’zbek (tojik rus) adabiyoti janrlari, mustaqillik davri o’zbek (tojik rus) tilining lug’at tarkibida ro’y bergan semantik uslubiy o’zgarishlarni tadqiq qilish. |
PEDAGOGIKA NAZARIYASI va TARIXI |
Ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tarbiyalashning ilmiy-uslubiy asoslari. |
IQTISODIYOT |
O’zbekistonda bozorli iqtisod, aholining ijtimoiy himoyasi, kichik va o’rta biznesda inson resurslarini boshqarish muammolari. |