english . russian . uzbek
ILMIY TADQIQOT MAJMUASI
SamDU «Ilmiy – tadqiqot majmuasi» xo’jalik hisobidagi ilmiy tuzilma bo’lib, o’zining mustaqil balansiga, banklarda hisob-kitob raqamlariga, o’z nomi yozilgan shtampiga va muhriga ega bo’lgan yuridik tashkilot hisoblanadi. «Ilmiy tadqiqot majmua»sining ta’sis etuvchisi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetidir. «Ilmiy tadqiqot majmuasi» tashkilot va muassasalar, jismoniy shaxslar bilan bajariladigan xo’jalik shartnomalari, pullik ilmiy-konsultasion kurslar va xizmatlar, davlat buyurtmalari asosidagi ilmiy tadqiqotlar hamda chet el fondlari va homiylardan keladigan mablag’lar asosida faoliyat ko’rsatadi va o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», amaldagi qonunlar va mazkur Nizom asosida olib boradi. SamDU «Ilmiy – tadqiqot majmuasi» faoliyatining asosiy vazifalari quydagilardan iboratdir:
-
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish;
-
amaliy va fundamental xarakterdagi ilmiy-tadqiqotlarni, yangi texnika va texnalogiyalar yaratishni qo’llab-quvatlash;
-
yangi texnika, texnalogiya va ilmiy ishlanmalarni yaratish va ularni xalq xo’jaligiga joriy etish;
-
universitet professor-o’qituvchi va ilmiy xodimlarini turli konkurslarga qatnashishi uchun uslubiy yordam berish, ilmiy-texnik axborotga, patent-lisenzion va kutubxona, tahrir-nashriyot va bosmaxona xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash;
-
universitet laboratoriyalarini o’quv-ilmiy asboblar, jihozlar va boshqa moddiy-ashyolar bilan ta’minlashni tashkillashtirish;
-
universitet xodimlariga, turli tashkilot-muassasalariga va aholiga ilmiy-amaliy pullik xizmatlar ko’rsatish va h.k.lar.
-
«Ilmiy-tadqiqot majmuasi» O’zbekiston Respublikasining «Mulk to’g’risidagi» va «Fuqorolik to’g’risidagi» qonunlariga muvofiq o’z mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega. Majmuaning to’liq huquqiy nomi A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti «Ilmiy-tadqiqot majmuasi».
Majmuaning huquqiy manzili:
O’zbekiston Respublikasi Samarqand shahri,
Universitet xiyoboni, 15. SamDU rektorati.
Tel: (366) 210-01-18, 233-34-87.
|