Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti

llmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi

english . russian . uzbek

“Mamlakatni jadal rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishda fanni va ilmiy infrastrukturani rivojlantirish muhim ahamiyatga ega …”

I.Karimov

sAMdu ILMIY TADQIQOTCHILIK FAOLIYATI to'g'risida aSOSIY MA'LUMOTLAR

 

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti nafaqat O’zbekistonimizda, balkim Markaziy Osiyodagi eng nufuzli va qadimiy oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiradi . Universitetimiz o’zining milliy tarixiy an’analari va boy ilmiy-madaniy merosi, yillar davomida shakllangan ilmiy muhiti asosida xalq xo’jaligining barcha sohalariga malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar yetkazib bermoqda.

Alisher Navoiy nomidagi S amar q and Davlat universiteti respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni h ayotga joriy q ilishda, mamlakatimizda ilm-fanning rivoji h amda yu q ori malakali kadrlar tayyorlash ishiga o’ z mav q yeiga yarasha salmo q li h issa qo’ shib kelmo q da. Universitet jamoasi ilmiy-tad q i q otchilik so h asida o ’z faoliyatini Milliy dastur talablari asosida ishlab chi q ilgan isti q bolli rejaga muvofi q olib bormoqda .

SamDUda 9 ta fakultet, 58 ta kafedra va laboratoriyalarda 900 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar, jumladan, 3 nafar O’zFA akademiklari (asosiy va o’rindoshlik asosida), fan doktorlari - professorlar 102, fan nomzodlari-dosentlar 398, katta o’qituvchilar 123, assistent o’qituvchilar 257 va ilmiy xodimlar faoliyat ko’rsatishmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlariga 98 % professor-o’qituvchilar jalb qilingan.

 

Mablag’ bilan ta’minlanmagan (kafedraviy) 64 mavzu bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajariladi, lmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish da ularni davlat ilmiy texnika dasturlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Har yili Davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan 20 dan ortiq mavzu bo’yicha 200 dan ortir xodim ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Mablag’li izlanishlarning hajmi 2006 yil holatiga ko’ra 105,456 mln. so’mni tashkil etmoqda. Shu jumladan, Davlat ilmiy-texnika dasturi asosida 3 ta mavzu, fundamental tadqiqotlar dasturi asosida 12 ta mavzuda bajarilayotgan fundamental loyiha, 2 ta innovasiya loyihasi va noyob obyektlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

 

Xo’jalik shartnomalari asosida bajarilgan ishlar salmog’i oshib bordi va keyingi yillarda bu sohada ishlab topilgan bir yillik mablag’ hajmi 10 mln. so’mdan 35 mln. so’mgacha oshdi.

SamDUda chet el fondlari grantlari (2 ta UITM, 2 ta Yevraziya fondi , TEMRUS-TACIC fondi, Germaniyaning DFG fondi va ko’plab shaxsiy grantlar) ilmiy tadqiqotlar olib borimoqda. Jumladan, prof.N.Nizamov rahbarligidagi 2 ta Ukraina Ilmiy-Texnologiya markazi (UITM), 2 ta Yevraziya, S.Laqayev rahbarligidagi Germaniyaning DFG, M.Nosirov rahbariligida cho’llanish muammolariga bag’ishlangan loyiha bo’yicha YuNESKO fondi grantlari.

 

Universitet olimlarning ilmiy tadqiqot natijalari va ilmiy ishlanmalari xalq xo’jaligiga bevosita tadbiq qilinmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligi ko’rsatkichi sifatida hah yil 15 ga yaqin amaliy ishlarga Davlat patent idorasi tomonidan guvohnoma rasmiylashtirilmoqdai, 10 ortiq ilmiy ishlanmalar xalq xo’jaligining turli sohalariga tatbiq qilinmoqda. Universitetda o’ tgan yillar mobaynida ilmiy tad q i q otlar b o’ yicha sezilarli ijobiy natijalarga erishildi, xal q aro mi q iyosda chop etilayotgan ma q olalar soni oshdi, ilmiy t o’ plamlar va monogarfiyalar chop q ilish h amda ilmiy ishlanmalarni patentlashtirish va amaliyotga joriy q ilishga katta e’tibor q aratildi. Universitetda yiliga 10 dan ortiq monografiyalar, 1500 dan ortiq ilmiy, ilmiy-amaliy ishlar nashr etiladi.