english . russian . uzbek
"ILMIY TADQIQOTLAR AXBOROTNOMASI" JURNALI
«SamDU Ilmiy tadqi q otlar axborotnomasi» jurnali O’ zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining qarori bilan ilmiy-nazariy va uslubiy jurnal sifatida 1999 yilning birinchi choragidan universitetning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan chop etish uchun ruxsat berilgan.
Jurnal O’zbekiston Respublikasi davlat matbuot qo’mitasi ommaviy axborot vositalarini ro’yxatga olganlik to’g’risidagi guvohnomaga, o’zining Nizomiga ega.
Jurnal OAKning ijtimoiy-gumanitar (tarix, falsafa, sosiologiya, filologiya, pedagogika, psixologiya) fanlar y o’nalishlari bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari yuzasidan ilmiy ma q olalar chop etilishi lozim bo’lgan ilmiy jurnallar ro’yxat iga kiritilgan.
«SamDU Ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi» jurnali 2005 yil yanvar oyigacha yilda 4 marta, 2005 yildan boshlab yil davomida 6 marta chop qilinmoqda. Jurnalning birinchi, uchinchi va beshinchi sonlari tabiiy fanlar yo’nalishiga, ikkinchi, to’rtinchi va oltinchi sonlari ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishlariga bag’ishlangan.
Maqolalar tahrir hay’ati a’zolari va ekspertlarning bildirgan fikrlari, xulosalari va taqrizlariga asosan nashr qilish uchun tavsiya etiladi.
|