Spartakiada o'yinlari davom etmoqda
Universitet sport majmuasida fakultetlararo talabalar o'rtasida an'anaviy 64-spartakiada sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi hamda universitet professor-o'qituvchilarining 35-spartakiadasining ochilishi bo'lin o'tdi. Talabalar o'rtasida bo'lib o'tgan sport musobaqalarining umumjamoa natijalariga ko'ra Tarix fakulteti jamoasi 1-o'rinni, O'zbek filologiyasi fakulteti jamoasi 2-o'rinni, Mexanika-matematika fakulteti jamoasi 3-o'rinlarni egallashdi. Sovrinli o'ringa ega bo'lgan jamoalar universitetning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar. Universitet professor-o'qituvchilarining 35-spartakiadasi o'yinlari davom etmoqda.












