Nizomlar

O’zR OLIY ATTESTASIYA KOMISSIYASI
RAYOSATINING  QARORI

2010 yil  25 fevral                       № 162/6                                  Toshkent sh.

Nomzodlik imtihonlarini o’tkazish tartibi to’g’risida

    Nomzodlik imtihonlari oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni davlat attestasiyasidan o’tkazishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 sentyabrdagi 421-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi to’g’risida Nizom»ga muvofiq OAK o’z vakolati doirasida nomzodlik imtihonlarini muassasalarda Nizom talablari asosida tashkil qilinishi ishlarini muvofiqlashtiradi va nazoratini amalga oshiradi.
   Oliy attestasiya komissiyasi hamda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan nomzodlik imtihonlarini Nizom talablari asosida tashkil qilish bo’yicha maqsadli tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Lekin, amalga oshirilayotgan tadbirlarga qaramasdan nomzodlik imtihonlarini qabul qilishda muassasalar va imtihonlar komissiyalari tomonidan qator kamchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Masalan, 2009-2010 yillarda nomzodlik imtihonlarini Nizom talablari asosida  qabul qilinishi nazorat tariqasida OAK tomonidan o’rganilganda qator muassasalarda, jumladan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent Islom universiteti, O’zbekiston davlat san’at institutida  qator kamchiliklar aniqlandi. Ushbu muassasalarda nomzodlik imtihonlari Nizom talablariga rioya qilmasdan tashkil etilganligi sababli imtihonlarni olish to’xtatildi va aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi ta’minlandi, shuningdek imtihonlarni Nizom talablariga rioya qilgan holda o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
   Nomzodlik imtihonlari bo’yicha amalga oshirilgan tahlillar ba’zi hollarda muassasalar rahbariyati tomonidan ushbu jarayonga mas’uliyatsizlik bilan yondashish, nomzodlik imtihonlari komissiyalari raislari sifatida shu sohaning mutaxassisi bo’lmagan rahbar xodimlarni tayinlash holatlari borligini ko’rsatmoqda.
   Nomzodlik imtihonlarini qabul qilishda mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etishda, jumladan, «Nomzodlik imtihonlarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom»ni qator omillarni e’tiborga olgan holda takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu Nizomga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, jumladan, quyidagilar bilan izohlanadi.
   Birinchidan, nomzodlik imtihonlari sifatini va muassasalar rahbariyatining mas’uliyatlarini yanada oshirish maqsadida mavjud ilmiy-tashkiliy tuzilmalar, ilmiy salohiyat va moddiy-texnika bazasini e’tiborga olgan holda nomzodlik imtihonlarini qabul qilish huquqini olish uchun asosiy talablarni aniq shakllantirish maqsadga muvofiq.
   Ikkinchidan, nomzodlik imtihonlarini qabul qilish huquqiga ega bo’lgan muasasalarni OAK tomonidan aniq belgilab berilishi, imtihon komissiyalari ishini nazorat qilishni yanada kuchaytirish va talabgorlarning bilimlarini obyektiv baholash masalalariga alohida e’tibor qaratish zarur.
   Uchinchidan, nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyalari tarkibiga, ayniqsa, imtihon komissiyasi raisi sifatida ushbu fan sohasi bo’yicha yetakchi mutaxassis-olim va ilmiy darajaga ega bo’lgan malakali ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlar kiritilishi aniq ifodalab berilishi maqsadga muvofiq.
   To’rtinchidan, muassasalar va imtihonlar komissiyalari ma’suliyatini keskin oshirish maqsadida imtihonlarni qabul qilishda Nizom talablariga rioya qilmaslik hollari aniqlanganda muassasani nomzodlik imtihoni (imtihonlari)ni qabul qilish huquqidan mahrum etish qoidasini aniq ko’rsatib berish maqsadga muvofiq.
   Nomzodlik imtihonlari sifatini oshirish hamda muassasalar va nomzodlik imtihonlari komissiyalari tomonidan «Nomzodlik imtihonlarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga to’la rioya qilinishini ta’minlash maqsadida

OAK Rayosati qaror qiladi:

1. Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish huquqi berilgan muassasalar ro’yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizomga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar 2010 yilning may oyi nomzodlik imtihonlari sessiyasidan boshlab amaliyotga joriy etilishi ta’minlansin.

    
    OAK Raisi v.b                                               K.S.Sultonov
    Bosh ilmiy kotib                                            A.T.Yusupov

                                            O’zbekiston Respublikasi
                                            Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
                                           Oliy attestasiya komissiyasi
                                          Rayosatining  2010 yil 25 fevraldagi
                                       162/6-sonli qaroriga
                                   ILOVA

 «Falsafa, milliy istiqlol g’oyasi va fan metodologiyasi»
fani bo’yicha  nomzodlik imtihonini olish huquqi berilgan
 tashkilotlar ro’yxati

 

O’zbekiston Milliy universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Toshkent davlat pedagogika universiteti
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Toshkent Islom universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Toshkent davlat agrar universiteti (TIMI bilan birgalikda)
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Andijon davlat universiteti
Buxoro davlat universiteti
Guliston davlat universiteti
Qarshi davlat universiteti
Qoraqalpoq davlat universiteti
Namangan davlat universiteti
Samarqand davlat universiteti
Termiz davlat universiteti
Urganch davlat universiteti
Farg’ona davlat universiteti
Toshkent tibbiyot akademiyasi
O’zR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
O’zR Bank-moliya akademiyasi
O’zR FA Ilmiy-o’quv markazi (O’zR FA Falsafa va huquq instituti
bilan birgalikda)
O’zR QXIIChMarkazi
O’zR IIV akademiyasi

«Chet tili» fani bo’yicha nomzodlik imtihonini
olish huquqi berilgan  tashkilotlar ro’yxati

      

O’zbekiston Milliy universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Toshkent davlat pedagogika universiteti
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Toshkent Islom universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Toshkent davlat agrar universiteti
Toshkent davlat texnika universiteti
Andijon davlat chet tillar pedagogika instituti
Buxoro davlat universiteti
Guliston davlat universiteti
Qarshi davlat universiteti
Qoraqalpoq davlat universiteti
Namangan davlat universiteti
Samarqand davlat chet tillar instituti
Termiz davlat universiteti
Urganch davlat universiteti
Farg’ona davlat universiteti
Toshkent tibbiyot akademiyasi
O’zR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
O’zR Bank-moliya akademiyasi
O’zR FA Ilmiy-o’quv markazi
O’zR QXIIChMarkazi

«Informasion  texnologiyalar asoslari» fani bo’yicha
nomzodlik imtihonini olish huquqi berilgan  tashkilotlar ro’yxati

 

O’zbekiston Milliy universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Toshkent davlat pedagogika universiteti
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Toshkent Islom universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Toshkent davlat agrar universiteti 
Toshkent davlat texnika universiteti
Andijon davlat universiteti
Buxoro davlat universiteti
Guliston davlat universiteti
TATU Qarshi filiali
TATU Nukus filiali
Namangan davlat universiteti
TATU Samarqand filiali 
Termiz davlat universiteti
TATU Urganch filiali
TATU Farg’ona filiali
Toshkent tibbiyot akademiyasi
O’zR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
O’zR Bank-moliya akademiyasi
O’zR FA Ilmiy-o’quv markazi (O’zR FA Matematika va informasion texnologiyalar instituti bilan birgalikda) 
O’zR QXIIChMarkazi (TIMI bilan birgalikda)
O’zR IIV akademiyasi

«Iqtisodiy nazariya» fani bo’yicha
nomzodlik imtihonini olish huquqi berilgan  tashkilotlar ro’yxati

                    O’zbekiston Milliy universiteti
                    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
                    Toshkent moliya instituti
                    O’zR FA Iqtisodiyot instituti
                    O’zR Bank-moliya akademiyasi

«Umumiy pedagogika, pedagogika va ta’lim tarixi» fani bo’yicha
nomzodlik imtihonini olish huquqi berilgan  tashkilotlar ro’yxati

                    Toshkent davlat pedagogika universiteti
                    O’zbekiston Pedagogika fanlari ITI
                    O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

 

“Falsafa, milliy g’oya va fan metodologiyasi” fani bo’yicha

nomzodlik imtihoni dasturiga kiritilgan qo’shimchalar

           
   Dastur 1-bo’limining “Falsafa qonunlari, kategoriyalari, metodlari va ularning bilish jarayonidagi o’rni” deb nomlangan 6-mavzusi tarkibidagi “Falsafa fani qonunlari” qismiga:
   O’zbekiston ijtimoiy hayotida vorislik va yangilanish o’rni. Mamlakanti modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning falsafiy yo’nalishlari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi omillari.
   Dastur 1-bo’limining “Olam va odam: dunyoning falsafiy talqini” deb nomlangan 7-mavzusi tarkibidagi “Tabiat” qismiga:
   Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish samaradorligini oshirish O’zbekiston Ekologik harakati oldida turgan vazifalar.
   Dastur 1-bo’limining “Dunyoni anglash va bilish” deb nomlangan 8-mavzusi tarkibidagi “Ong va ongsizlik. Ijtimoiy va individual ong” qismiga:
   O’zbekistonga media makonga ilg’or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar.
   Dastur 1-bo’limining “Ijtimoiy falsafa” deb nomlangan 9-mavzusi tarkibidagi “Inson va jamiyat: falsafiy metodologik talqin” qismiga:
   Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda taraqqiyotning o’zbek modeli tamoyillarining ahamiyati. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohonlar natijasida umumdavlat va mintaqaviy manfaatlarda mutanosiblik va uyg’unlikning ta’minlanishi.
   Barkamol avlod tarbiyasi borasidagi ustuvor vazifalar.
   Fuqarolik jamiyati institutlari.
   Mahalla. Mahallaning jamiyat taraqqyotidagi o’rni. Barkamol avlodni tarbiyalashda mahalla institutining ahamiyati.
   Xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish borasda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va falsafiy tahlili.
   Dastur 1-bo’limining“Ijtimoiy falsafa” deb nomlangan 9-mavzusi tarkibidagi “Madaniyat” qismiga:
   Milliy madaniyatning barqaror rivojini ta’minlash ommaviy madaniyat salbiy ta’sirini oldini olishning muhim sharti.
   Dastur 1-bo’limining “Ijtimoiy falsafa” deb nomlangan 9-mavzusi tarkibidagi “Huquq. Fuqarolik jamiyati qurish tamoyillari” qismiga:
   O’zbekistonda insonparvar, liberal sud-huquq tizimini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari.
   Dastur 1-bo’limining “Ijtimoiy falsafa” deb nomlangan 9-mavzusi tarkibidagi “O’zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti va falsafaning dolzarb masalalari” qismiga:
   Mamlakatimizda intelektual salohiyatni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va ularni amalga oshirishning dolzarb vazifalari.
   Dasturning II – bo’limining “Dunyoning mafkuraviyo manzarasi” deb nomlangan 2 - mavzusiga:
   Mintaqava dunyo yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashning ustuvor vazifalari.
   Dasturning II – bo’limining “G’oyaviy ta’sir ko’rsatish shakllari, uslublari va vositalari” deb nomlangan 6-mavzusiga:
   Ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, Internet tarmog’iga kirish imkoniyatlarini kengaytirish yo’lida olib borilayotgan islohotlar natijalari.
   Ommaviy madaniyat elementlarining milliy ma’naviyatimizga salbiy ta’sirini bartaraf etishning usullari va yo’llari.
   Dasturning II – bo’limining “Globalashuvning falsafiy masalalari” deb nomlangan 7-mavzusiga:
   Globallashuvning ijtimoiy fasafiy mohiyati, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekistonga ta’sirini bartaraf etish choralarining ijtimoiy-falsafiy mazmuni.

“Falsafa, milliy g’oya va fan metodologiyasi” fani bo’yicha nomzodlik imtihoni savollari tarkibiga kiritilgan qo’shimcha savollar

  • Globallashuvning ijtimoiy-falsafiy mohiyati, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekistonga ta’sirinini bartaraf etish choralarining ijtimoiy falsafiy mazmuni.
    Siyosiy partiyalar faoliyatini kuchaytirish kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish omili sifatida.
    Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati.
    Fuqarolik jamiyati institutlari. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari.
    Nodavlat va notijorat tashkilotlarning jamiyatdagi o’rni.
    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi choralar dasturi amalga oshirilishining ahamiyati va samarasi.
    Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksatirishning ustuvor vazifalari.
    Mamlakatni modernizasiya qilishning asosiy vazifalari.
    Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim yo’nalishlari.
    Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda taraqqiyotning o’zbek modeli tamoyillarining o’rni va ahamiyati.
    Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashning ahamiyati.
    Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish xalq farovonligini oshirishning muhim omili sifatida.
    Milliy madaniyatning barqaror rivojini ta’minlash – ommay madaniyat salbiy ta’sirini oldini olishning muhim sharti.
    Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishda O’zbekiston Ekologik harakatining o’rni.
    Fuqarolik jamiyati institutlari.
    Mahalla. Mahallaning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni. Barkamol avlodni tarbiyalashda mahalla institutining ahamiyati.
    Nodavlat va notijorat tashkilotlari. Demkratik islohotlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar.
    Ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, Internet tarmog’iga kirish imkoniyatlarini kengaytirish – jamiyatdagi yangilanish va taraqqiyotning muhim omili.
    Siyosiy partiyalar faoliyatini kuchaytirish – kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish omili.
    Mamlakatimizda Oliy Majlis faoliyatini takomillashtirishning ijtimoiy taraqqiyotimizdagi ahamiyati.

“Falsafa, milliy g’oya va fan metodologiyasi” fani bo’yicha tavsiya etilayotgan referat mavzulari

  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ijtimoiy-falsafiy tahlili.
    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining obyektiv va subyektiv omillari.
    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo’llari va choralarining ijtimoiy-falsafiy tahlili.
    Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning ijtimoiy-falsafiy tahlili.
    Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili.

Pavel Redkin dizayni.