Bosh sahifa

Samarqand davlat universitetida aspirantura va doktorantura orqali
yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash

  Universitet o'zining uzoq yillik faoliyati davomida nafaqat Respublikamiz, balki butun Marqaziy Osiyoda ilm-fan, madaniyat va xalq xo'jaligiga malakali kadrlar tayyorlashning yirik markaziga aylandi. Respublikamiz va qo'shni mamlakatlar uchun hozirgacha 100.000 ga yaqin malakali mutaxassislar yetkazib berdi, bu qutlug' dargoh 400 ga yaqin fan doktori va minglab fan nomzodlari tayyorladi.Erishilgan bu muvaffaqiyatlar zaminida o'z oldiga fan sohasida ulkan kashfiyotlar qilishni, yirik fundamental tadqiqotlar yaratish va xalq xo'jaligi, ta'lim-tarbiya sohasi, malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni maqsad qilib qo'ygan aspirantura va doktorantura bo'limining ham alohida o'rni mavjud. SamDUda 1945-1970 yillar mobaynida tarix, optika, biologiya, o'zbek filologiyasi, matematika, falsafa ixtisosliklari bo'yicha ixtisoslashgan kengashlar faoliyat ko'rsatgan. SamDU aspirantura va doktorantura bo'limining faoliyati O'zR Adliya vazirligi tasdiqlagan "Uzluksiz ta'lim tizimida oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash to'g'risida"gi Nizom asosida tashkil qilingan. Nizomda ko'rsatilgan vazifalar to'la-to'kis bajarilishi uchun yetarli darajada ilmiy maktablar va ixtisoslashgan kengashlar, moddiy- texnik baza mavjudligini e'tiborga olib, xozirgi kunda 34 yo'nalish bo'yicha aspirantura, 4 yo'nalish bo'yicha doktoranturaga ruxsat berilgan.

Pavel Redkin dizayni.