Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Fakultet dekani

Xolmatov Normuhammad Urozovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99866-239-18-26
  • Elektron pochta: tar-fak@samdu.uz

  • 1959 yilda Samarqand viloyati Nurota tumanida to'g'ilgan;
  • 1976 -1978 yillar Qo‘shrabot tumani E. Jumanbulbul jamoa xo‘jaligi ishchisi;
  • 1978 -1983 yillar Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti talabasi;
  • 1983 -1987 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi katta labaranti;
  • 1987-1988  yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi stajyor tadqiqotchisi;
  • 1988 -1991 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi aspiranti;
  • 1991 -1993 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi assistenti;
  • 1993 -1995 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi assistenti;
  • 1995 -2000 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti;
  • 2000 -2005 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti;
  • 2005 -2011 yillar Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti dekan o‘rinbosari;
  • 2011 - 2011 yillar Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri;
  • 2011 -2013 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti;
  • 2013 -2016 yillar Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti;
  • 2016 yildan Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti dekani.

FAKULTET HAQIDA

Tarix fakulteti 1927 yilda  tashkil topgan.   Fakultetning shakllanishida Po’lat Soliyev, M.U.Aminov, M.O.Egamberdiyev, K.H.Samiboyev, M.M.Abramov, M.Z.Ortiqov, H.Begmatov, Sh.Pirimqulov  kabi taniqli olimlarning xizmatlari kattadir.

Fakultetda 5120300-“Tarix-(mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)”, 5120400-“Arxeologiya”, 5111600-“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq talimi”  yo’nalishlari bo’yicha bakalavr, 5A 120401-Arxeologiya , 5A 120301-O’zbekiston tarixi,  5A 120302-Tarix (yo’nalishlar va mamlakatlar bo’yicha),  5A 120304-Tarixshunoslik, manbashunoslik  tarixi tadqiqotlar metodlari, 5A 150204-Muzeyshunoslik: konservasiya va badiiy boyliklarni saqlash, 5A 511601-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)  mutaxassisliklari bo’yicha magistrantlar hamda 6 ta ijtisoslik bo’yicha O’zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Tarixshunoslik va manbashunoslik, Arxeologiya, Xuquq talimi, Milliy g’oya, falsafa va  ma’naviyat asoslari kafedralarida tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari bo’yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda Falsafa fanlari bo’yicha fan doktori, falsafa doktori ilmiy darajalarini berish bo’yicha DK.2776062017S09.02  raqamli ilmiy kengashi faoliyat ko’rsatmoqda.

Bugungi kunda fakultetning O’zbekiston tarixi, Arxeologiya,  Jahon tarixi, Tarixshunoslik va manbashunoslik, Milliy g’oya, falsafa va ma’naviyat asoslari, Huquq ta’limi kafedralarida  8 ta fan doktori, professor, 28 ta fan nomzodi, dosent,  69 ta katta o’qituvchi va assistentlardan iborat bo’lgan tajribali professor o’qituvchilar jamoasi faoliyat ko’rsatmoqda.

Fakultet har yili iqtidorli  talabalar  Hamroqulova Shoxista - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va 10 nafar talabalar Alisher Navoiy stipendiyasi  sovrindorlari bo’ldi.

Fakultet professori M.M.Abramov - “Do’stlik” davlat ordeni,  prof. M.J.Jo’raqulov «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoni, «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’lim xodimi» unvoni, dos. M.S.Madrimova «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi»  unvoni sohibi hisoblanadi.

Tarix fakulteti Fransiyaning Sorbonna universiteti, Italiyaning Bolonya, Rossiyaning Moskva Davlat universiteti, Sankt-Peterburg, Novosibirsk universitetlari, Polshaning Varshava universiteti, AQShning Indiana universiteti va qator tashkilotlari bilan xamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins