Fakultet dekani

Abdullayeva Albina Suratovna

1990-1993 yy. - Samarqand davlat universiteti aspiranti
1993-2000 yy. - Samarqand davlat universiteti rus tilshunosligi va jahon adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi
2000-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti rus tilshunosligi va jahon adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi
2007-2010 yy. - Samarqand davlat universiteti rus tilshunosligi va jahon adabiyoti kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
2010-2017 yy. - Samarqand davlat universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
2017-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti rus va chet el adabiyoti kafedrasi dotsenti
2019-y. - h.v. - Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti dekani

FAKULTET HAQIDA

SamDU rus filologiyasi fakulteti 1963 yilda filologiya fakultetining uchta mustaqil fakultetga bo'linishi natijasida tashkil topgan. Fakultetning ilk uzoq yillik dekani professor V.G.Lartsev bo'lgan. Keyin turli yillarda fakultetni dotsentlar V.N.Blagonravov va V.B. Lagutov boshqargan.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng fakultetni professorlar Ye. A. Malinovskiy, dotsentlar A.B.Boboxodjaev, D.X.Alimova, R.A.Ryasnyanskaya rahbarlik qilganlar. Hozirgi kunda dots. A.S.Abdullaeva fakultet decani hisoblanadi.

Fakultetda nafaqat Respublika, balki MDH davlatlaridan tashqarida ham tanilgan ikkita ilmiy maktab faoliyat yuritadi. 

Samarqand structural-poetik tahlil maktabining asoschisi taniqli adabiyotshunos dots. Ya.O.Zundelovich bo’lsa, Samarqand frazeologik maktabi tarbiylanuvchilariga prof. L.I. Roizenson ustozlik qilgan.

Fakultetda beshta kafedra mavjud: rus va chet el adabiyoti, rus tilshunosligi, rus tili (fakultetlararo), ingliz tili, roman-german tillari kafedralari. O’qich uch yo'nalishda olib boriladi: filologiya va tillarni o'qitish, o’zga tilli guruhlarida rus tili, ingliz tili va adabiyoti. Hozirgi kunda fakultetda 1000 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda.

Rus filologiyasi fakulteti jamoasi quyidagi o'quv markazlari bilan hamkorlik qiladi: Pushkin nomidagi Moskva instituti; Tambov davlat universiteti, Qozon davlat universiteti, Tomsk davlat universiteti, Volgograd davlat universiteti, Kaluga davlat universiteti, Novosibirsk davlat universiteti, Eletsk davlat pedagogika instituti; Qozog'iston davlat universiteti.