Raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani

Safarov Bahodirxon Shahriyorovich

1979-1984yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi
1985-1988yy. - “Sovxozvodstroy” qurilish tresti “Mexnat va ish xaqi” bulimi katta muxandisi 
1988-1992yy. - Samarqand davlat universiteti aspiranti
1992-1996yy. - Samarqand davlat universiteti “Nazariy iqtisodiyot” kafedrasi assistenti
1997-2004yy. Samarqand davlat universiteti “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi assistenti
2004-2007yy. - Samarqand davlat universiteti “Buxgalteriya xisoboti va audit” kafedrasi assistenti
2007-2010yy. - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti “Kurilishni tashkil etish va iktisodiet” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
2011-2012yy. - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti “Iqtisodiet va kuchmas mulk ekspertizasi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
2012-2014yy. - “Forsaj Servis pro” xususiy firma iqtisodchisi
2014-2018yy. - O.O.O “Exclusive Samarqand Broker service” iqtisodchi
2018й. – x.v.  - Samarqand Davlat Universiteti “Tarmoqlar Iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti

FAKULTET HAQIDA

Iqtisodiyot va biznes fakul’teti o‘z faoliyatini 1992 yil SamDU amaliy matematika fakul’teti tarkibida 33 ta talaba qabul qilishdan boshlagan. 1997 yilda alohida “Iqtisodiyot” fakul’teti bo‘lib ajralib chiqqan. Dastlab fakul’tet “Iqtisodiyot” deb nomlanib, fakul’tetining asoschisi va birinchi dekani prof. K.Saidov (1997-1999 yillar) bo‘lgan. 
1997-yil 15-avgustda unversitet tarkibida mustaqil "Iqtisodiyot" fakul’teti tashkil etilganligi haqida rektor buyrug‘i e’lon qilindi. Shu yili ilk bor Iqtisodiyot fakul’tetini 30 nafar yosh mutaxassislar bitirib chiqdi, ular Respublikamizning turli nufuzli boshqaruv tashkilotlariga, moliya, bank, bojxona va soliq tizimiga yuborildi. 
2011-yildan fakul’tetining nomlanishi “Ijtimoiy-iqtisodiyot” deb o‘zgartirildi. Undan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-sonli qarorida ko‘rsatilgan universitet tuzilmasini optimallashtirish hamda Samarqand Davlat universiteti Ilmiy Kengashining 2018-yil 6-iyuldagi 13-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining 584-ij sonli buyrug‘iga asosan fakul’teti “Iqtisodiyot va biznes” deb nomlandi. 
Xozirgi vaqtda Iqtisodiyot va biznes fakul’tetida uchta kafedra mavjud bo‘lib, ular “Iqtisodiyot va tadbirkorlik”, “Kadrlar menejmenti va biznes” va “Iqtisodiy nazariya” kafedralaridir. 
Fakul’tetida professor-o‘qituvchilar soni 38 kishini tashkil etadi. Shulardan professorlar - 4 kishini, dosentlar - 11 kishini, katta o‘qituvchilar 5 kishini va assistentlar 18 kishini tashkil etadi.
Fakul’tetida 20 ta guruh mavjud bo‘lib, talabalar soni 464 kishini tashkil etadi. Shulardan 24 ta magistr, 426 ta bakalavr, 14 ta ikkinchi oliy ta’lim mutaxassisligidir. Fakul’tetida 20ta guruhga professor-o‘qituvchilar murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Fakul’tetda kompyuter sinfi mavjud bo‘lib, INTERNET xalqaro tizimiga ulangan. Fakul’tetning har bir professor-o‘qituvchilarining elektron pochtalari mavjud. Fakul’tetda o‘quv mashg‘ulotlarining sifatini oshirish maqsadida davlat ta’lim standartlariga mos o‘quv va ishchi rejalari yaratildi. 
Talabalarning bilimini baholashning reyting tizimi joriy etilgan bo‘lib, barcha fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlangan va nashr etilgan. Shu bilan bir qatorda fakul’tet professor-o‘qituvchilari tomonidan 15 ta darslik, 25 dan ziyod o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan va ma’ruza matnlarining elektron versiyalari yaratilgan. O‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida o‘quv yilining har oyida ikki oy muddatda tasdiqlangan reja asosida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirib kelmoqda. Fakul’tetda doimiy ilmiy-uslubiy seminarlar tashkil etilgan. 
Fakul’tetda iqtidorli talabalar jamoasi shakllangan bo‘lib, ular orasida 4-bosqich talabasi Sultonov Sanjar I.Karimov nomli stipendiant, 4- bosqich talabasi Xasanov Habibullo O‘tkirjon o‘g‘li, 3-bosqich talabasi Umirov Islombek Furkatovichlar Navoiy Davlat stipendiyasiga, magistratura yo‘nalishining 1-bosqich talabalari Erkinov Behbud va Sa’dullayeva Bahora Navoiy Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. 

Iqtisodiyot va biznes fakul’teti hozirgi kunda Chexiya davlatining Praga metropoliten universiteti va Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Ispaniyaning Granada universiteti, Hindistonning J.Neru nomidagi Delhi universiteti, Rossiyaning Высшая школа экономики Перм universiteti, Qozon federal universiteti, Belarussiyaning Minsk radiotexnika universitetlari bilan xalqaro-ilmiy, o‘quv-uslubiy jihatdan hamkorlik olib bormoqda. 

 

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari

5230100    Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
5231700    Kadrlar menejmenti

Magistratura yo'nalishi malaka talablari

5A230101 Iqtisodiy nazariya

5A230110 Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti

5A231701 Kadrlar menejmenti

5A350303 Raqamli iqtisodiyot