1986-1987 - yillar Samarqand tumani “Mehrobod” MMTP bog‘boni;
1987-1991 - yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1992-1996 - yillar Samarqand davlat universiteti aspiranti;
1996-1997 - yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyi laboranti;
1997-1997 - yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyi katta laboranti;
1997-2005 - yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi assistenti;
2005-2008 - yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti;
2008-2011 - yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya bo‘limi dekani o‘rinbosari;
2012-2013 - yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi mudiri;
2013-2017 - yillar Samarqand davlat universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i;
2017-2018 - yillar Samarqand davlat universiteti tayyorlov markazi dekani;
2018-2020 - yillar Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
2020-2021 - yillar Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari;
2021- yildan pedogogikafakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
Pedagogika fakulteti 1966-yilda sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika instituti tarkibida «Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim uslubiyoti» nomi bilan ochilgan. 1992-yilda pedagogika instituti Samarqand davlat universitetiga qo’shilgan.
Fakultetda bakalavriat va magistratura yo’nalishlari mavjud bo’lib, ularda quyidagi mutaxassisliklar o’qitiladi.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:
5111700 - Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
5110900 Pedagogika va psixologiya
Magistratura mutaxassisliklari:
5A110901 Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo’yicha)
5A111701 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim)
Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc):
13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika)
Hozirda fakultetda 3 ta «Pedagogika», «Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti», «Boshlang’ich ta’lim metodikasi» kafedralari mavjud bo’lib, ularda 64 nafarga yaqin professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, 2 nafar fan doktori, 19 nafar fan nomzodi.
Har bir kafedra qoshida tashkil etilgan “Zakovat”, “Yosh pedagog”, “Muzokara” klubi, “Jonli so’zlar”, “Yosh kamalak yetakchisi”, “Mahorat maktabi”, “Yosh ijodkorlar teatri studiyasi”, va boshqa 25 ga yaqin turli to’garaklarda talabalarning fanlarga bo’lgan qiziqishlari va ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga sharoit yaratilgan.
Pedagogika fakulteti ilmiy jamoasi Moskva davlat pedagogika universitetining «Umumiy pedagogika» kafedrasi, Dehli universiteti, Qozon davlat universiteti, Dushanbe davlat pedagogika universitetining «Pedagogika» kafedrasi, Bryansk davlat pedagogika institutining «Industrial pedagogika» fakulteti, Xo’jand davlat universitetining «Pedagogika» kafedrasi, Ozarbayjon Xalqaro universiteti hamda MDH va jahonning boshqa ko’plab oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari o’rtasida ilmiy aloqalar yo’lga qo’yilgan.
Pedagogika fakulteti talabalaridan 2 nafar talaba Respublika fan olimpiadasida sovrinli o’rinlarni olgan.
MALAKA TALABLARI
Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari
5111700 Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
5110900 Pedagogika va psixologiya
Magistratura yo'nalishi malaka talablari
5A110901 Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo’yicha)
5A111701 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim)