Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Fakultet dekani

Eshniyozov Olim Ismoilovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99866-222-69-27
  • Elektron pochta:

  • 1959 yil Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida to'g'ilgan;
  • 1984-1986 yillar Samarqand davlat pedagogik instituti muammolar laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi;
  • 1986-1987 yillar Samarqand Davlat universiteti kafedra «Umumtexnika fanlari» o‘quv ustasi;
  • 1987-1987 yillar Samarqand Davlat universiteti «Umumtexnika fanlari» kafedrasi stajyori;
  • 1987-1991 yillar Moskva davlat energetika instituti aspiranti;
  • 1991-1991 yillar Samarqand davlat pedagogik instituti «Umumtexnika fanlari» kafedrasi master;
  • 1994-1996 yillar Samarqand davlat pedagogik instituti «Umumtexnika fanlari» kafedrasi kichik ilmiy xodim;
  • 1998-2002 yillar Samarqand Davlat universiteti «Umumtexnika fanlari» kafedrasi o'qituvchi;
  • 2011-2012 yillar Samarqand Davlat Universiteti Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri;
  • 2015  yildan Samarqand Davlat Universiteti Kasbiy ta’lim fakulteti dekani.

FAKULTET HAQIDA

Samarqand Davlat universiteti “Kasbiy ta’lim” fakultetida “Mehnat ta’limi”, “Kasbiy ta’lim metodikasi”, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, “Musiqa ta’limi” kafedralari mavjud bo’lib, fakultetda 61 nafar professor o’qituvchilar mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etmoqda. 

Hozirgi kunda quyidagi uchta yo’nalish bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda:  5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik   grafikasi;    5111100 – Musiqa ta’limi, 5112100 – Mehnat ta’limi.

Respublika miqyosida o’tkazilgan fan olimpiadalarida ham fakultet talabalari faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. Musiqa ta’limi yo’nalishi bo’yicha “Musiqa nazariyasi” fanidan 3-bosqich talabasi Ravshanbek Nabijonov Respublika fan olimpiadasida faxrli 1-o’rinni, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi bo’yicha “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanidan 3-bosqich talabasi Amirqulov Xayriddin faxrli 2-o’rinni, Mehnat ta’limi yo’nalishi bo’yicha “Mexanizm va mashinalar nazariyasi” fanidan 4-bosqich talabasi Farrux Boboxonov faxrli 2-o’rinni egalladi.

Respublika  miqyosida har yili o’tkazilib kelinadigan “Yagonasan muqaddas Vatan” ko’rik tanlovida “Guldasta” xor jamoasi faxrli 1-2- o’rinlarni egallab kelmoqda. Shuningdek, fakultetning har bir kafedralari qoshida “Yog’och o’ymakorligi”, “Mohir qo’llar”, “Dutorchi qizlar”, “Chizmachilik”, “Yosh rassomlar”, “Naqqoshlik” kabi 15 ta turli to’garaklar tashkil etilgan bo’lib, talabalarning soha bo’yicha qiziqishlarini yanada oshirishga sharoit yaratmoqda.    

 Fakultet jamoasi Rossiya Federasiyasining Turizm va servis universiteti bilan yaqin hamkorlik qiladi.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins