Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Fakultet dekani

Mirzayev Raxmatillo Ibodullayevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99866-239-18-39
  • Elektron pochta:

  • 1973-yil Surxandaryo viloyati Jarqurg'on tumanida tug'ilgan;
  • 1992-2000-yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 2000-2008-yillar Samarqand davlat universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi o'qituvchisi;
  • 2008-2017-yillar Samarqand davlat universiteti jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi;
  • 2017-2017-yillar Samarqand davlat universiteti jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi;
  • 2017-yildan Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani vazifasini bajaruvch.

FAKULTET HAQIDA

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti o’z faoliyatini dastlab 1992-yil SamDU amaliy matematika fakulteti tarkibida 35 talaba qabul qilishdan boshlagan. 1997-yil 15-avgustda Samarqand Davlat universiteti tarkibida mustaqil "Iqtisodiyot" fakulteti tashkil etilganligi haqida rektor buyrug’i e’lon qilindi. Dastlab fakultet “Iqtisodiyot” deb nomlanib, fakultetning birinchi dekani prof. K.Saidov (1997-1999 yillar) bo’lgan. Shu yili ilk bor Iqtisodiyot fakultetini 30 nafar yosh mutaxassislari bitirib chiqdi, ular Respublikamizning turli nufuzli boshqaruv tashkilotlariga, moliya, bank, bojxona va soliq tizimiga yuborildi.

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida  ta’lim yo’nalishlari bo’yicha quyidagi yo’nalishlar mavjud: bakalavriatura- iqtisodiyot-5230100; kasb ta’limi: iqtisodiyot-511000, kadrlar menejmenti-5231700; ijtimoiy ish-5520100; magistratura-Mehnat iqtisodiyoti - 5A230110; iqtisodiy nazariya -5A230101; etika va estetika - 5A120503; doktorantura- iqtisodiy nazariya-080001; demografiya, mehnat iqtisodiyoti-080010.

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida beshta kafedra mavjud bo’lib, ular quyidagilardir: iqtisodiyot, kadrlar menejmenti, iqtisodiy nazariya, ijtimoiy fanlar, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti.

Fakultetda mustaqillik yillaridan boshlab fakultetda ilmiy maktablar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, prof. E.Aliqulov iqtisodiy nazariya ilmiy maktabini, prof. K.Saidov menejment ilmiy maktabini, prof. B.Normurodov ijtimoiy ish ilmiy maktablarini yaratganlar.

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti universitetda yetakchi fakultetlardan biri hisoblanib, professor-o’qituvchilar tomonidan milliy iqtisodiyotining turli jabhalarini isloh qilishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedralarda faoliyat ko’rsatayotgan fan doktori, professor va dosentlar 700 dan ortiq talabalarga ta’lim bermoqdalar. Hozirda fakultetda  fan doktorlari 6 kishini, fan nomzodlari 25 kishini tashkil etadi.

        Mustaqillik yillarida Ergashev Islom O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi stipendiati, A’zamov Dilnur Navoiy stipendiati, Erkinov Behbud Navoiy stipendiati bo’ldi.

Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti hozirgi kunda Germaniyaning Bremen Universiteti, Rossiyaning Moskva Davlat Universiteti, Yaponiyaning Keyyo biznes-administrasiya Universiteti, AQSh Linkoln universiteti, Qozog’istondagi Olma-ota Transport va Kommunikasiya akademiyasi, Tojikiston Davlat Tijorat universiteti, Chexiya Respublikasi Tomas Bata Universiteti, Buyuk Britaniya Bornmut universitetlari bilan ilmiy-uslubiy hamkorlik olib bormoqda.