Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Fakultet dekani

Keldiyorov Xudoyor Otamurodovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: (+99866) 2391305, (+99866) 2391633
  • Elektron pochta: biologiya@samdu.uz

  • 1947 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida to'g'ilgan;
  • 1966-1970 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 1970-1970 yillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi zoologiya intituti katta laboranti;
  • 1970-1971 yillar Harbiy xizmatda;
  • 1972-1973 yillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi zoologiya intituti ilmiy tadqiqotchisi;
  • 1973-1976 yillar Urgut tumanidagi 90-maktab o‘qituvchisi;
  • 1976-1977 yillar Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi kichik ilmiy xodimi;
  • 1977-1993 yillar Samarqand davlat universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi assistenti, dotsenti;
  • 1997-1998 yillar Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti dekan muovini;
  • 1998-2011 yillar Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti dekani, tabiiy fanlar fakulteti dekani;
  • 2011-2016 yillar Samarqand davlat universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti;
  • 2016 yildan Samarqand davlat universiteti biologiya  va kimyo fakulteti dekani.

FAKULTET HAQIDA

Fakultet 1927 yilda tashkil etilgan, 2017 yil yanvar oyidan boshlab, Biologiya va kimyo fakulteti sifatida birlashtirilib, qayta nomlandi.

Biologiya va kimyo fakulteti 1927 yilda  tashkil etilgan Biologiya hamda 1960 yilda tashkil etilgan Kimyo fakultetlari negizida 2017 yil 11 yanvarda  qayta tashkil etilgan. 

Fakultetda «5140100-Biologiya (turlari bo’yicha)», «5320500-Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo’jaligi)»,  «5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi»,   «5140500-Kimyo» va «5320400-Kimyoviy texnologiya» yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, «5A140101-Biologiya», «5A140104-Biotexnologiya» va «5A140501-Kimyo» mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar hamda 9 ta ixtisoslik bo’yicha doktorantlar tayyorlanmoqda.

Fakultetda 6 ta kafedra (Botanika va o’simliklar fiziologiyasi, Zoologiya, Fiziologiya, genetika va biokimyo, Organik va anorganik kimyo, Analitik kimyo, Fizikaviy kimyo) mavjud.  Bu kafedralarda 11 ta fan doktori, professorlar, 43 ta fan nomzodi, dosentlar faoliyat ko’rsatmoqda, ilmiy salohiyat 58 % ga teng.

Fakultetda Botanika, O’simliklar fiziologiyasi, Zoologiya, Biokimyo, Genetika, Analitik kimyo, Anorganik va organik kimyo ilmiy maktablari mavjud bo’lib, bu maktablar asoschilari va ularning izdoshlari tomonidan Zarafshon vohasi fauna va florasining o’ziga xosligini sistematik, biokimyoviy, fiziologik, genetik jihatdan tahlil qilish, ulardan oqilona foydalanish uslublarini amaliyotga tadbiq etish, atrof muhitni muhofaza qilish, mineral o’g’itlar, o’simliklar kimyosi, suyuqliklar xromatografiyasi, turli organik moddalar sintezi, anorganik gazlarni uzluksiz avtomatik usulda aniqlash yo’nalishidagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Fakultet qoshida 4000 dan ortiq eksponatga ega Zoologiya muzeyi,  1000 dan ortiq nusxadagi 250 ga yaqin tur o’simliklar o’stirilayotgan Oranjereya, minglab nusxadagi gerbariylar saqlanayotgan Gerbariy fondi, mahalliy faunamizda uchraydigan barcha turdagi hasharotlarni o’zida mujassamlashtirgan Entomologik kolleksiya,  eng zamonaviy xorijiy laboratoriya asboblari bilan jihozlangan o’quv laboratoriyalari mavjud.

Mustaqillik yillarida fakultetda tahsil olgan talabalardan 2 nafari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari (F.Normuradov, Sh.Xudoyberdiyev), bir nechtasi Ulug’bek nomidagi davlat stipendiatlari (D.Begmatova, A.Yusupov) va 10 dan ortiq fan olimpiadalari g’oliblari bo’ldilar.

Fakultetda «Beruniy» nomidagi Davlat mukofoti laureatlari (prof.A.Nasimov, dos.Z.Normuradov), «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi» (prof.A.Nasimov) va «Shuhrat» medali sohiblari (prof.E.Abdurahmanov) faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Fakultetning professor-o’qituvchilar jamoasi O’zRFA qoshidagi ilmiy tadqiqot institutlari, respublikamiz va xorijdagi 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda Ilmiy tadqiqot markazlari bilan o’zaro samarali hamkorlik o’rnatganlar.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins