Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Fakultet dekani

Ahadov Akmal Rustamovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: (99866) 239-17-25
  • Elektron pochta: amalmat@samdu.uz

  • 1974 yil Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida to'g'ilgan;
  • 1997-1999 yillar Samarqand shahri "Karvon" xususiy firmasi direktori;
  • 1999-1999 yillar Samarqand shahri tadbirkorlar palatasi Axborot-maslahat markazi direktori;
  • 2000-2003 yillar Samarqand davlat universiteti aspiranti;
  • 2004-2005 yillar Samarqand davlat universiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi assistenti;
  • 2005-2006 yillar Samarqand davlat universiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi;
  • 2006-2014 yillar Samarqand davlat universiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi dotsenti;
  • 2014-2016 yillar Samarqand davlat universiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi professori;
  • 2016-2017 yillar Samarqand davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig‘i;
  • 2017 yildan Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti dekani;

FAKULTET HAQIDA

Amaliy matematika va informatika fakulteti 2017-yilda maxanika-mtematika fakultetidan ajralib qayta tashkil etildi va yanvardan boshlab alohida fakultet sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultetda talim olgan 1700 nafardan ziyod malakali kadrlar Respublika xalq xo’jaligining turli soxalarida mehnat qilmoqdalar. Ulardan 20 nafari fan doktori va 40 kishi fan nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.

Hozirgi paytda fakultetda 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110701 – “Informatikani o’qitish metodikasi” yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari, 5A130200 – “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash”, 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturalarda (DSc) oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultetda “Axborotlashtirish texnologiyalari”, “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash”, “Optimallashtirish usullari” kafedralari mavjud bo’lib ularda 4 ta professor, 17 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi hamda 20 ta assistent o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnogiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 4 ta kompyuter sinfi (50 ta kompyuter), 10 ta texnik jihozlangan alohida auditoriyalarda darslar olib boriladi.

Fakultetda “Axborot texnologiyalari va tizimlari”, “Anomal suyuqliklar mexanikasi” ilmiy maktablari faoliyat olib bormoqda va ularni tashkil etish va rivojlanishida prof. I.I.Jumanov va prof. B.X.Xujayorovlarning hissalarinni alohida ta’kidlash mumkin.

Kafedralar professor-o’qituvchilari zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’limda qo’llash, ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini yaratish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etish yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Soha bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida 15 dan ortiq dasturiy mahsulotlari yaratilgan.

Fakultet hududdagi o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar bilan fanning zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzib, ularning bazasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlamoqda.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins