Fakultet dekani

Rajabov Toshpo‘lot Fayzulloyevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 12:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99897 611-34-77
  • Elektron pochta:

1997-2001 yillar - Samarqand davlat universiteti talabasi
2001-2003 yillar - Samarqand davlat universiteti magistranti
2003-2007 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi kichik ilmiy xodimi
2007-2010 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi aspiranti
2010-2012 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi kichik ilmiy xodimi
2012-2017 yillar - Samarqand davlat universiteti Ekologiya masalalari bo‘yicha muammoviy laboratoriyasi katta ilmiy xodimi
2016-2017 yillar - Samarqand davlat universiteti ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
2017-2019 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi Kimyo-biologiya fanlari bo‘limi rahbari, ilmiy kotib
2019-2020 yillar - Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani
2020 yildan - Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani

FAKULTET HAQIDA

Universitet tarkibidagi yangi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 2020 yilda tashkil etildi. Mazkur fakultet zamonaviy ilm-fan yutuqlari, xususan ilg‘or biotexnologik yutuqlarni ta’lim tizimida keng va samarali joriy etish orqali zamonaviy agrar ta’lim tizimini shakllantirish va yangi avlod agromutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Fakultet tarkibida quyidagi 3 ta kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yilgan: (1) Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi; (2) Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi; (3) Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi.
Bugungi kunda fakultetda 22 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Fakultetda 8 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud. Fakultetda “Mevachilik va uzumchilik”, “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi”, “O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)”, va “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish” kabi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda Uzumchilik va uzumni qayta ishlash texnologiyasi va Himoyalangan yer meva sabzavotchiligi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fakultet Italiyaning Bolonya universiteti, AQShning Nevada universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti, Turkiyaning Anqara universiteti, Rossiyaning Belgorod universitetlari va mintaqamizda faoliyat ko‘rsatayotgan IKARDA va IKBA xalkaro agrar tadqiqot markazlari bilan xamkorlik olib bormoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida mahalliy qishloq xo‘jalik kooperatsiyalari va agrosanoat klasterlari bilan mustahkam hamkorlik ishlari o‘rnatilmoqda.