Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


Bakalavr ta'lim yo`nalishlariga

Abituriyentlarning o`qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham), O`zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 20 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • o`rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086-U — shakl bo`yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
  • 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo`lim abituriyentlari uchun);
  • rektor nomiga ariza;
  • tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;
  • abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko`rsatiladi.