|
|
Enter to webmail
Site index
|
Museum of zoology
Museum of zoologyZoologiya muzeyi haqida
šššššššš Zoologiya muzeyi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Unversitetining biologiya fakultetida ilmiy- pedagogik faoliyatini unumli va samarali olib borishda, kelajak avlodni ekologik madaniyati va mafkurasini tezroq shakllantirishda hamda ekologik ta'lim va tarbiyani to'g'ri olib borishda, tirik tabiyatni muhofoza qilishda, 1934 yilda aka-uka S.K.Dal va N.K.Dallar tashabbusi bilan tashkil etilgan zoologiya muzeyining o'z o'rni va ahamiyati bor. Zoologiya muzeyida 2500 dan ziyod nodir va noyob hayvonlar kolleksiyasi mavjud bo'lib, bu nafaqat O'zbekistonda, balkim Markaziy Osiyoda yagona zoologiya muzeyi hisoblanadi. Hozirgi paytda muzeydagi eksponat sifatida namoyish qilinayotgan hayvon turlarining qarib 37-40% tabiyatda deyarli uchramaydi yoki noyob bo'lib qolgan. Umurtqasiz hayvonlar eksponatlarning jami 166 tani tashkil etib, ular orasida tropik o'rmonlarda yashovchi nodir va noyob hayvonlar alohida o'rinni egallaydi. Muzeyda shuningdek, umurtqasiz hayvonlarning O'rta Osiyo, O'zbekiston va xususan Zarafshon vodiysi faunasiga oid kolleksiya ham mavjud. Umurtqali hayvonlarning baliqlar sinfi vakillari eksponatlarining soni 104 tani tashkil etadi. Shulardan 103 tasi preparat bo'lib, bittasi quruq preparat, ya'ni baliqning chuchelasidir. Ular dengiz va chuchuk suvlarda yashovchi baliqlar bo'lib, turli ekologik turlarga xosdirlar. Suvda va quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilar sinfi vakillarinig soni 126 ta bo'lib, ular orasida buug'ma ilonlar oilasiga mansub turli piton o'ziga xos o'rinni egallaydi. šššššš Bundan tashqari muzey kolleksiyasi yaqinda afrika tikandumli agamasi, zublefar kabi eksponatlar bilan to'ldirildi. Bu hayvonlar afrikaning endemik hayvonlari bo'lib, O'zbekistonda xususan O'rta Osiyodagi mutaxassis olimlarda katta qiziqish uyg'otadi. Budan tashqari muzeyda nodir sudralib yuruvchilar: ko'lvor ilon, turkiston agamasi, kobra, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar triton, salamandralar va boshqa hayvonlar saqlanadi. Qushlarning eksponatlari soni 2031 ta bo'lib, shundan 496 tasi qushlarning chuchelasi, 1535 tasi esa qushlarning terisi, ya'ni tushkasi hisoblanadi. Qushlar eksponatlari orasida Xalqaro va O'zbekiston "Qizil kitob" lariga kiritilgan turlari alohida e'tiborga loyiqdir. Ular jumlasigaTurkiston oq laylagi, yo'rg'a tuvaloq, burgut, lochin-sapsan, boltayutar, go'zal turna va boshqalar kiradi. Muzeyda dunyoning turli mintaqalaridan keltirilgan va faqat shu mintaqalarda uchraydigan qushlarning, masalan, Avstraliya tuyaqushi yoki kasuar, shimoliy muz okeanlari muzliklarida yashovchi pingvinlar va boshqa qushlarning eksponatlari xam saqlanadi. Bundan tashqari muzeyda qushlar inining, tuxumlarning xilma-xilligini aks ettiruvchi inlar va tuxumlar kolleksiyalari mavjud. Sut emizuvchilar sinfi vakillarining eksponatlari jami 157 ta bo'lib, shundan 155 tasi chuchelo va 2 tasi formalindagi xo'l preparatlardir. šššššš Muzeydagi O'rta Osiyoning endemigi hisoblangan Tu'ron yo'lbarsining eksponati alohida diqqatga sazovordir. U 1954 yilgacha Amudaryo sohillarida juda ko'plab uchragan va shubhasiz faunamizning o'ziga xos bezagi bo'lib qolgan. Xozirgi kunda Tu'ron yo'lbarsi butunlay qirilib ketgan hayvonlar ro'yxatiga kiradi. Muzeyda O'zbekiston faunasida uchramaydigan hayvonlar, oq ayiq, afrika sherlari, hindiston filining skeleti, bir necha tur maymunlar va boshqa hayvonlarning ham eksponatlari saqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1998 yil 12 yanvar "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash to'g'risidagi" farmoni hamda "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi" O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan Qonunining 28, 29-modalariga asoslanib, SamDU zoologiya muzeyidagi qimmatli, zoologik koleksiyalarni aksariyati yuz yillik tarixga ega nodir, bebaho bo'lib, ular davlat muhofasida, bularni saqlash, eng muhimi kelajak avlodga etkazish hozirgi kunning dolzarb muammosi va talabidir. Har yili zoologiya muzeyiga bir-ikki ming kishidan iborat maktabgacha ta'lim va tarbiya muassasalaridan bog'cha bolalari, maktab o'quvchilari, viloyat, shahar maktablarining biologiya va geografiya o'qituvchilari, lisey va kollej o'qituvchilari, barcha oliy o'quv yurti talabalari ekskursiyaga kelishib o'z bilimlarini oshirib turibdilar. ššššššš Bundan tashqari AQSH, Germaniya, Fransiya, qator arab mamlakatlaridan, nufuzli Xalqaro tashkilotlardan mehmonlar zoologiya muzeyiga tashrif buyurmoqda va muzey eksponatlariga baho bermoqdalar. 1996 yilda zoologiya muzeyi uchun O'zbekiston Respublikasi fan va texnika qo'mitasi tomonidan ajratilgan mablag' hosobidan 'Zoologiya muzeyining ilmiy ro'yxati tuzildi va uning koleksiyon fondini saqlab qolish masalalari" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Ushbu mavzu bo'yicha MDH va Markaziy Osiyo davlatlari zoologiya muzeylari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqalarni o'rnatish, mustahkamlash,taksoderministerlar va kolleksiya to'plovchilar tayorlash, muzeyda yangi ekologik ekspozitsiyalar yaratish, ilmiy inventarizasiya qilish, zoologiya ekskursiyalarga keng ommani jalb etish, shu maqsadda ommaviy axbarot vositalaridan kengroq foydalanish kabi ilmiy ishlar amalga oshirildi. Biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi qoshidagi zoologiya muzeyida "O'zbekiston nodir va yo'qolib borayotgan hayvonlarni ekologiyasini ularni genofondini saqlab qolishda zoologiya muzeyining roli" mavzusida bir necha yillardan beri ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. 1999 yilda ushbu mavzu bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazisligi tomonidan katta miqdorda mablag' ajratildi. Bu mablag', muzeyning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, nodir eksponatlarni saqlash, yangilash, ekologik ekspozittsiyalar yasash, inventarizasiya va sistematizasiya ishlari, buklet tayorlash, diaramalar yasash, ta'mirlash ishlari uchun sarflanadi. Avvalambor (funa) muhofazasi ayniqsa uning genofondini saqlab qolish, Respublika aholisi o'rtasida ekologik mafkurani tezroq shakllantirishda bu yagona muzeyning o'z o'rni' roli va mavqeyi bor. Zoologiya muzeyi hozirgi kunda mana shu ishlarni bajarish markazi bo'lib xizmat qilmoqda. |
Select language
Google
|