|
|
Enter to webmail
Site index
|
History-philosophy
Tarix fakulteti haqida Tarix fakulteti universitet tashkil bo'lgan dastlabki yillarda ijtimoiy-iqtisodiy fakultet bazasida tashkiltopgan. U 1927 yildan buyon bu to'ngich fakultetlar qatorida kamol topib, ulg'ayib qizg'in faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Tarix fakulteti yillar davomida haqiqiy taraqqiyot va rivojlanish bosqichini o'tdi. Dastlabki yillarda fakultetda 12 talaba talim olgan 34 ta ilmiy xodim, shulardan 2ta professor va 10 ta dotsent faoliyat ko'rsatgan.Hozirgi paytda fakultetda tarix, arxeologiya, sotsiologiya, falsafa talimi yo'nalishlari bo'yicha bakalavriyat mavjud bo'lib, unda 650 talaba tahsil oladi.Shuningdek, fakultetda Tarix, O'zbekiston tarixi, Arxeologiya Sotsiologiya, Falsafa mutahassisliklari bo'yicha magistratura mavjud.Fakultetda faoliyat ko'rsatayotgan Vatan tarixi,Arxealogiya, Umumiy tarix, Tarixshunoslik, Sotsiologiya, Falsafa kafedralarida 1 akademik, 9 fan doktori, professor, 50 ta fan nomzodi, dotsent, 4 ta katta o'qituvchi, 17 ta assistentlar hizmat qilishmoqda.Faqultet jamoasi shahar va viloyat jamoat ishlarida faol qatnashib kelayapdi. Ular aholi o'rtasida ommaviy-siyosiy ishlarni jonlantirish, hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlarni tushuntirish sohasida doimiy ish olib boradilar.Viloyatdagi maktablar muzeylar, arxiv va boshqa madaniy-oqartuv muassasalarida tez-tez bo'lib amaliy konferensiya va semenar o'tkazilishi ular o'rtasida hamkorliklarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. |
Select language
Google
|