Samarkand State University
of the name Alisher Navoi

 
Enter to webmail
User
Pass
Natural sciences

Biologiya bo'limi haqida

 


      Universitetning dastlabki yillarida tabiyot-matematika fakultetida biologiya bo'lim sifatida faoliyat ko'rsatdi. 1993 yili mustaqil biologiya fakulteti tashkil topdi. Uning olimlari Markaziy Osiiyo o'simlik va hayvonot dunyosi ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bilan birga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Biologiya fakultetida ayni kunda 326 talaba ta'lim olmoqda.
      Talabalarga 35 malakali professor-o'qituvchilar ta'lim berishmoqda, shulardan 8 nafari fan doktori, 2 nafari O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi,18 nafari dotsent va ilmiy darajali assistentlardir. Fakultetda o'zining ilmiy maktabiga ega bo'lgan 5 ta kafedra mavjud: Zoologiya kafedrasi, genetika va biotexnologiya kafedrasi, botanika kafedrasi, o'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologia kafedrasi. Ularning qoshida magistratura va aspiranturalar faoliyat ko'satmoqda. Iqtidorli talabalar kelgusida ilmiy tadqiqot ishlar olib borishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
      SamDU botanika bog'i SamDU botanika bog'i Xishrav hududida joylshgan bo'lib, umumiy maydoni 27 gektarni tashkil etadi va bunda 66 oilaga mansub 270 turdan ko'proq madaniy va yovvoyi o'simliklar o'sadi. Bu erga introduksiya qilingan qog'oz daraxti, sovun daraxti, fil daraxti,manjur yong'og'i, lipa, eman, livan kedri, butasimon o'simliklardan farzitsiya, shamshod, beresklet, gibiskus, turli xil atrgullar va bundan ashqari ko'p yillik gullar (sinya, pitunya, tagitys, nomozshomgul, kosmiya va boshqalar) o'stirilmoqda. Botanika bog'i kelajakda nafaqat Samarqand viloyati, respublikamizda, balki O'ta O'siyoda o'ziga xos ekologik muhitga, edafik faktorlarga ega bo'lgan noyob va yo'qolib borayotgan o'simliklarni asrash, ularni ko'paytirishga ega bo'lgan tabiiy ilm maskani bo'ladi. Bundan tashqari bog'da etishtiriladigan o'simliklar bilan shahrimiz ko'chalarini, universitetimiz xiyobonlarini ko'kalamzorlashtirish, ko'chatlar yetkazib berish, viloyat tumanlariga butalar,gullar yetkazib berishdir.
      Biologiya fakulteti universitet tashkil topgan kundan boshlab faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’tgan davr mobaynida fakultetda o’quv, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi oshdi. Bu yuksalishlarda N.Merkulovich, K.Zokirov, J.Saidov, R.Ibodullin, A.To’laganov, J.Qobulov, Ye.Proskoryakov, P.Soldatov, S.Bronshteyn, S.Abayeva, G.Danov, B.Hamroqulov, N.Amirxanov, M.Rish, A.Sagitov kabi taniqli olimlarning xizmatlari salmoqlidir. Fakultet tashkil topgan yildan boshlab bugungi kungacha ko’p minglab oliy ma’lumotli biolog - mutaxassislar tayyorlandi. Ular orasidan 300 dan ortiq fan nomzodlari, 60 ga yaqin fan doktori va professorlar yetishib chiqdi. Hozir fakultetda sakkiz mutaxassislik -botanika, zoologiya, o’simliklar fiziologiyasi, genetika, biokimyo, tuproqshunoslik, ekologiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi bo’yicha bakalavriat va aspirantura, 6 ta mutaxassislik - botanika, zoologiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi, biotexnologiya, o’simliklar fiziologiyasi, agrokimyo bo’yicha magistratura muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.
      Fakultet ixtiyorida zoomuzey, entomologik kolleksiya, gerbariy, tanqis o’simliklarni o’stirish uchun maxsus issiqxona, botanika bog’i mavjud bo’lib, ular yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
      Hozirgi kunda fakultetning AQSh, Angliya, Germaniya, Isroil, Polsha, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qirg’iziston, Tojikiston kabi qator xorijiy mamlakatlar, O’zbekiston FA institutlari va bir qancha universitetlar bilan o’quv-uslubiy, ilmiy-amaliy hamkorligi rivojlanib bormoqda.
      Biologiya fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo’nalishlari xalq xo’jaligi muammolarini yechish, ekinlarning hosildorligini oshirish, atrof-muhitni, o’simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish, voha tabiiy boyliklaridan samarali foydalanishga qaratilgan.

Geografiya bo'limi haqida

      Geografiya bo'lim sifatida 1930 yilda tashkil topgan. Bo'imda 3 ta kafedra mavjud: umumiy fizik geografiya, iqtisodiy geografiya, regional tabiiy geografiya kafedralari bo'lib, u erda 2 ta professor va 12 fan nomzodi faoliyat ko'rsatadi. 1994 yildan boshlab 3 yunalish bo'yicha aspirantlar o'qitiladi, ya'ni: geografiya fizikasi, geofizika va geoximiya landshafti.
      Bo'lim 1995 yildan boshlab, xorijiy oliygohlardan Milan Politexnika universiteti, Brussel Arxitektura instituti va Katalon universitetlari bilan xamkorlikda ish olib bormoqdalar. TASIS dasturi asosida fakultetda kartografiya mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.Talabalar TEMPUS dasturi asosida tashkil qilingan maxsus laboratoriyada EHM yordamida xaritalar tuzish sirlarini o'zlashtirmoqdalar. Fakultet qoshida "URBALAYF" ilmiy laboratoriyasi ham faoliyat ko'rsatmoqda .

 

Kimyo fakulteti haqida

Kimyo fakultet tarixi Samarqand Davlat pedagogika akademiyasining tabiiy-tarixiy bo’limida kimyo kafedrasining ochilishi bilan boshlangan.
Hozirgi vaqtda fakultetida 4 ta kafedra mavjud; anorganik kimyo (mudir: prof. A.M.Nasimov), analitik kimyo (mudir: dos.O.F.Fayzullayev), organik kimyo (mudir: dos.D.A.To’rayeva), fizik kimyo va kimyoviy ekologiya (mudir: dos.N.K.Muhammadiyev) kafedralaridagi yuqori malakali olimlar bakalavr va magistrlar tayyorlashda faollik ko’rsatmoqdalar.
Fakultetda anorganik, organik va analitik kimyo mutaxassisliklari bo’yicha magistratura va analitik kimyodan aspirantura mavjud.
Kimyo fakulteti kimyo fanining turli yo’nalishlari bo’yicha davlatimizdagi ilmiy markazlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bajarilayotgan ilmiy ishlar ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib, halq xo’jaligi muammolarining har xil jabhalarini o’z ichiga olgan quyidagi yo’nalishlardan iborat: kimyoviy sensorlarni yaratish, gazlar tahlili, turli muhitlarda ayrim kimyoviy birikmalarning protolitik xossalarini tadqiq qilish, xromatografik usulda organik birikmalarning turli reaksiyalarini, organik kimyo nazariyasi bioorganik kimyo, qattiq elektrolitlar va qotishmalarning fizik kimyosini o’rganish kabilar.
Kimyo fakulteti 1962 yildan boshlab mustaqil fakultet sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Hozirgi vaqtda fakultetda anorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, fizik kimyo va ekologik kimyo kafedralari mavjud.
Ushbu kafedralarda xozir 3 nafar fan doktorlari, professorlar, 22 nafar fan nomzodlari, dotsentlar va 3 nafar o'qituvchi assistentlar bakalavr va magistrlarga taxsil bermoqdalar. Fakultetda 2 yo'nalish bo'yicha bakalavrlik (analitik kimyo, anorganik kimyo) va organik kimyo fani bo'yicha magistrlik yo'nalishlari ochilgan. Fakultet professor-o'qituvchilari xorijiy mamlakatlarda kimyo fanning dolzarb muammolari bo'yicha tashkil etilgan ilmiy anjumanlarda muntazam ishtirok etmoqdalar .

Anorganik kimyo kafedrasining web-sahifasi

Select language
Google

SAC

Supreme attestation commission

ZIyoNet

Information educational network

GovUZ

Samarkand State University - 2010