Pedagogika fakulteti haqida
Pedagogika fakulteti 1967 yilda S.Ayniy nomli pedagogika instituti bazasida tashkil topgan. Hozirgi kunda fakultetda quyidagi kafedralar mavjud: Boshlang'ich ta'lim, psixologiya, pedagogika kafedrasi,umumiy texnika fanlari. Hozirgi vaqtda jami 84 professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqdalar. 1994 yildan fakultetda psixologiya bo'limi ochildi. Bu xalq ta'limini psixolog-o'qituvchilar bilan ta'minlashdek dolzarb muammoni hal etadi
Pedagogika fakultetida beshta kafedra o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlarining negizi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.
Pedagogika kafedrasi (mudir:prof.N.Shodiyev). Uning tashkil topishi, ilmiy markazga aylanishi akademik I.M.Mo’minov, A.M.Bahovuddinov, M.Ashrafiy, I.M.Krasnoboyev, A.R.Luriya, A.S.Yefimov kabi mashhur olimlar nomi bilan bog’liqdir.
Pedagogika kafedrasida salohiyatli ilmiy maktab yaratilgan bo’lib, uning asosiy ilmiy yo’nalishini «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida o’quvchi yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash yagona kompleks mavzui tashkil qiladi.
Boshlang’ich ta’lim uslubiyati kafedrasi 1977 yilda tashkil qilingan. Keyingi yillarda kafedra olimlari barakali ishlab, ilmiy-tadqiqot, o’quv-uslubiy jarayonni takomillashtirish yo’lida qator ishlarni bajardilar. Shu jumladan, professor-o’qituvchilar 10 dan ortiq darslik, o’quv qo’llanma, 20 ta uslubiy tavsiyalar, yuzlab ilmiy maqolalar chop ettirdilar. Kafedra professor-o’qituvchilari yagona «Boshlang’ich ta’limda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash va uning samaradorligini oshirish» mavzui bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Kafedra qoshida «Boshlang’ich ta’lim» yo’nalishi bo’yicha magistratura ta’sis qilingan.
Psixologiya kafedrasi (mudir: dos.Sh.Fayzullayev) 1980 yilda pedagogika kafedrasi tarkibidan ajralib chiqdi va mustaqil tarzda faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirgi paytda kafedrada «Bolalar va o’smirlar psixologiyasi» mavzuida tadqiqotlar olib borilmoqda, uning qoshida magistratura faoliyat ko’rsatmoqda.
Tillar va adabiyot uslubiyati kafedrasi (mudir: dos. Sh.Mahmatmurodov) pedagogika fakulteti qoshida 1982 yilda tashkil qilingan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturning hozirgi bosqich vazifalaridan kelib chiqqan holda fakultetda 2002 yil fevral oyida «Tabiiy fanlar» kafedrasi tashkil topdi. Uning vazifasi qilib tabiiy fanlarni o’qitish bo’yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini yanada yuksaltirish, bo’lajak o’qituvchilarning boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish ishlarini olib borishga tayyorlashni takomillashtirish, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini oshirish belgilandi
Pedagogika fakulteti o'z saytiga ega www.samdu.uz/pedagogika/