Samarkand State University
of the name Alisher Navoi

 
Enter to webmail
User
Pass
News

2010 yil 9 aprel kuni o’zbek adabiyotining yirik vakili «Malik ul-kalom» - so’z podshosi, so’z mulkining sultoni faxriy unvoni bilan mashhur bo’lgan shoir Mavlono Lutfiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan «Mavlono Lutfiy she’riyati va davr adabiy muhiti muammolari» mavzusida ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda respublikamizning Toshkent, Qarshi, Buxoro shaharlaridan adabiyotshunos olimlar ishtirok etishdi. Konferensiyaning materiallari nashr qilindi.

 

2010 yil 5-6 aprel kunlari SamDU talabalarining 2009 yil ilmiy tadqiqot ishlari yakunlari bo’yicha LXVIII ilmiy anjumani va 2010 yil 7-8 aprel kunlari universitet professor-o’qituvchilari va ilmiy xodimlarining 2009 yildagi ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlari bo’yicha an’anaviy LXVI ilmiy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari yakunlari bo’yicha konferensiyada 18 ta sho’bada 1098 ta ma’ruza va professor-o’qituvchilari va ilmiy xodimlarining ilmiy konferensiyasida 50 ta sho’bada 747 ma’ruzalar muhokoma qilindi.

 

2010 yil 2-3 aprel kunlari «Davlat tili haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablari nuqtai nazaridan dialektologiyaning zamonaviy masalalari mavzusidagi Respublika konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiyada Toshkent, Qarshi, Buxoro va boshqa shaharlardan shu sohaning olimlari ishtirok etishdi. Konferensiyaning materiallari nashr qilindi.

SamDU rektorining 2010 yil  19 martdagi 82-ij sonli buyrug’iga binoan universitet talablari o’rtasida Respublika talabalar fan olimpiadasining birinchi bosqichi 2010 yilning 15 martidan 15 apreligacha o’tkazildi.

 

2010 yil 18 mart kuni O’zFA Samarqand bo’limi, viloyat qishloq xo’jalik markazi va xodimlari ishtirokida “Qishloq xo’jaligi tarmog’ini innovasion rivojlantirish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida hamkorlikda innovasion loyiha tayyorlash va tanlovga taqdim etish bo’yicha bajariladigan ishlar muhokoma qilindi.

 

2010 yil 16 mart kuni SamDU “Yosh olimlar jamiyatning” navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

 

2010 yil 3-mart kuni SamDU dosenti O.Abdurashidov 01.02.04- deformasiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi mutaxassisligi bo’yicha O’zFA “Mexanika va qurilmalar zilzilabardoshligi” Ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda “Issledovaniye nestasionarnogo vzaimodeystviya nelineyno devormiruyemÙx elementov konstruksiy s jidkostyu” nomli doktorlik dissertasiyasini himoya qildi.

 2010 yil 1-3 mart kunlari SamDU professor-o’qituvchilari «Innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” III Respublika yarmarkasi»da 7 ishlanma bilan ishtirok etishdi.

 2010 yil 8 yanvar kuni «Kamolot» YoIH Samarqand viloyati kengashi  tomonidan Samarqand oliy ta’lim muassasalari o’rtasida tashkil etilgan «Bilimdonlar» intellektual o’yinida universitet jamoasi faol ishtirok etib, 2-o’rinni qo’lga kiritdi. 

2010 yil 7 yanvar kuni «Kamolot» YoIH viloyat bo’limi kengashi  bilan hamkorlikda muddatli harbiy xizmatni o’tab kelgan universitet talabalari o’rtasida «Shunqorlar bellashganda» ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Ko’rik-tanlov g’oliblari «Kamolot» YoIH viloyat bo’limi kengashining esdalik sovg’alari bilan mukofotlandi.

2009 yil 21 dekabr kuni viloyat «Yoshlar markazi»da «Kamolot» YoIH hamda «Ibrat-OSAK» studiyasi hamkorligida suratga olingan «Otangga qo’l ko’tardingmi» badiiy filmining aktyorlari bilan uchrashuv hamda ushbu filmning namoyishida universitetning 600 nafar talabasi ishtirok etishdi.

2009 yil 16 dekabr kuni “Malika” restoranida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi bo’yicha 2007-2011 yillarga mo’ljallangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi hamda “Ibn Sino salomatlik maskani” ma’rifat markazi rahbarlari uchun tashkil etilgan seminar-treningda universitet “Ibn Sino salomatlik maskani” ma’rifat markazi rahbari H.Qoriyeva ishtirok etdi.

2009 yil 12 dekabr kuni universitet bosh binosi majlislar zalida 8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.

Bayram munosabati bilan fakultetlar dekanlari (jami 11 nafar) 200.000 (ikki yuz ming) so’mdan (1-ilova), otryad boshliqlari va ichki, tashqi shtab faollari (jami 23 nafar) 150.000 (bir yuz ellik ming) so’mdan (2-ilova), professor-o’qituvchilar (jami 100 kishi) 100.000 (yuz ming) so’mdan (3-ilova);  yuqori mehnat unumdorligiga erishganligi uchun davlat granti asosida o’qiyotgan 50 nafar talaba 100.000 (yuz ming) so’mdan, 100 nafari 75.000 (yetmish besh ming) so’mdan, 250 nafari 50.000 (ellik ming) so’mdan (4-ilova); to’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan 50 nafar talaba 100.000 (yuz ming) so’mdan, 100 nafari 75.000 (yetmish besh ming) so’mdan, 250 nafari 50.000 (ellik ming) so’mdan (5-ilova) (jami 800 nafar) pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbirda shuningdek, «Paxta - 2009» mavsumida yuqori mehnat natijasiga erishgan fakultetlar: 1-o’rin – San’atshunoslik fakulteti – 1 ta televizor, 1 ta videopleyer bilan; 2-o’rin – Jismoniy madaniyat fakulteti – 1 ta televizor bilan; 2-o’rin – Tabiiy fanlar fakulteti – 1 ta televizor bilan;  3-o’rin – Mexanika-matematika fakulteti – 1 ta magnitofon bilan; 3-o’rin – Tarix-falsafa fakulteti –1 ta magnitofon bilan; 3-o’rin – Huquqshunoslik fakulteti  - 1 ta magnitofon bilan taqdirlandi.

2009 yil 1 dekabr kuni viloyat “Yoshlar markazi”da “Yoshlar sog’lom turmush tarzi tarafdori” mavzusida o’tkazilgan aksiyada universitetning 100 nafar talabalari ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» risolasida adabiyot ahli oldiga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan 2009 yil 11 dekabr kuni universitet bosh binosi  majlislar zalida O’zbekiston Xalq shoirlari, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi o’rinbosari Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir va taniqli yozuvchi, «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri Ulug’bek Hamdamlar bilan universitet talabalarining uchrashuvi o’tkazildi.

2009 yil 6 oktabr kuni Samarqand davlat universitetida «Qatlamlar nazariyasi, Dinamik sistemalar, Maxsusliklar nazariyasi va ularning tatbiqlari» mavzuidagi xalqaro ilmiy maktab va konferensiya bo’lib o’tadi >>>>>>>>

2009 yil 14 sentyabr kuni Termez Davlat universitetida o’tkazilgan akademik Ya.G’ulomov nomidagi O’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi Respublika ilmiy seminarining «Baqtriya – Tohariston Jahon sivilizasiyasi tizimida» mavzusidagi 57-xalqaro yig’ilishida SamDU olimlari videokonferensiya tizimi orqali ishtirok etishdi.

2009 yil 10 sentyabr kuni «Kamolot» YoIH viloyat Kengashi bo’limi, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbusi markazi, YuNISEF, Sog’liqni Saqlash boshqarmasi, «Mahalla» jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan «Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz. Biz bilan birga bo’l» nomli yoshlar aksiyasida universitetning 150 nafar iqtidorli talabalari faol ishtirok etishdi.

2009 yil 3 sentyabr kuni Ro’dakiy haykalining ochilish marosimida universitetning 50 nafar professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

2009 yil 3 sentyabr kuni universitet bosh binosi majlislar zalida   O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 18 yilligi hamda Bilimlar kuniga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi. Tadbirni rektor T.Shirinov kirish so’zi bilan ochdi. Tadbirda professor J.Xodjayev «Mustaqillik biz uchun – o’zligimizni anglash, yurt tinchligi va barqarorligining, inson manfaati, erkinligi va farovonligining, biz ko’zlagan demokratik jamiyat barpo etishning garovidir» mavzusida ma’ruza qildi. Bilimlar kuni bilan birinchi kurs talabalarga universitetning faxriy professor-o’qituvchilari talabalik va reyting daftarchalarini topshirdi. Bayram tadbirlari fakultetlar va talabalar turar joylarida ham davom etdi. Yangi o’quv yilining birinchi soatida o’tilgan «Mustaqillik darsi»da mamlakatimizda mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar mazmun-mohiyati talabalar ongiga yetkazildi.  Mustaqilligimizning 18 yilligini universitetimizning sportchi talabalari ham munosib kutib oldi. Jumladan, Chexiyaning Noveye Mesto shahrida yozgi biatlon bo’yicha o’tkazilgan Yevropa ochiq chempionatida O’zbekiston terma jamoasi a’zosi, jismoniy madaniyat fakulteti magistranti Ruslan Nosirov olti kilometr masofaga ommaviy start bahsida birinchi o’rinni egallab, oltin medalni  qo’lga kiritdi.Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi Ilmiya Abdurazzoqova eshkak eshish bo’yicha O’zbekiston kubogi musobaqasida 1-o’rinni egallab, Fransiyada o’tkazilgan Jahon chempionatida munosib ishtirok etdi. Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi Zuxra Qodirova «Sitora» klubi tarkibida chim ustida xokkey bo’yicha O’zbekiston chempioni va kubogi sohibi bo’ldi.

2009 yil 5-6 iyun kunlari Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti  «Uzluksiz ta’lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy-amaliy muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-uslubiy konferensiya o’tkazildi.

2009 yil 11 iyundan boshlab, SamDUda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va atoqli shaxslar nomidagi stipendiyalari tanlovining 1-bosqichi o’tkazildi. Tanlovda 200 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Talabalar uchun O’zbekiston tarixi, informatika va  chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan imtihonlar o’tkazildi. Eng yaxshi natijalarga ega bo’lgan talabalarning nomzodi ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya qilindi.

2009 yil 09 mart kuni Talabalarning o’z bilimlarini, iqtidorlarini namoyon etish va rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda Oliy  va  o’rta maxsus ta’lim vazirligining  2007 yil 12 apreldagi 74-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Talabalar Respublika fan olimpiadasi Nizomi»ga asosan talabalar Respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichi mavjud barcha bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha joriy yilning  2009 yil 10 martdan 15 aprelgacha  o’tkaziladi. >>>>>>>

 

<<< ...2.3.4.5.6.7.8 >>>
Select language
Google

SAC

Supreme attestation commission

ZIyoNet

Information educational network

GovUZ

Samarkand State University - 2010