Jismoniy tarbiya fakulteti haqida
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat fakulteti 1967-1968 o'quv yillarida tashkil topdi. O'tgan sal kam 35 yil davomida fakultetda turli millatga mansub bo'gan bir necha ming talaba taxsil olib "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" ixtisosligiga ega bo'ldilar.
Davlat ta'lim standarti o'quv rejasida ko'zda tutilgan fanlarni oqitish iishlarida fakultetda 3 ta kafedra faoliyat ko'rsatmo'qda: "Jismoniy madaniyat nazariyasi uslubiyati", "Sport pedagogik fanlarni o'qitish uslubiyati", "UJT va sport xarakatini boshqarish" kafedralari.
Davlat standartlari o'quv rejasiga muvofiq kafedrada "Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi", "Odam anatomiyasi va fiziologiyasi", "Biokimyo", "Biomexanika", "Engil atletika va o'qitish metodikasi", "Psixologiya", "Sport inshootlari", "Davolash jismoniy tarbiya majmui", O'smirlar fiziologiyasi va gigienasi" kabi fanlar o'qitilib kelinmoqda.
UJT va sport xarakatini boshqarish kafedrasi fakultetda eng kehja kafedralardan biri sanaladi. Kafedra 1997 yilda tashkil topilgan bo'lib, unda "Kurash va o'qitish metodikasi", "Suzish va o'qitish metodikasi", "Turizm va o'qitish metodikasi", "O'q otish sporti", "Jismoniy tarbiya" kabi fanlar bo'yicha talabalarga saboq beriladi.
Xozirgi kunda fakultetda 10 ga yaqin xalqaro toifadagi sport ustalari, 50 dan ortiq sport ustalarti va 100ga yaqin sport ustalilgiga nomzodlar taxsil olmoqdalar.
Fakultet talabalarini chet ellarda o'qitish va tajriba almashishga katta e'tibor berilgan. Shunga muofiq bugungi kunda Germaniya, AQSH, Korea, xamdo'stlik davlatlaridan Ashxabod, Alma Ata, Rossiya va Sank Peterburg milliy jismoniy tarbiya va turizmni rivojlantirish akademiyalari bilan aloqa o'rnatilgan.