Iqtisodiyot fakulteti haqida
Unversitimizda iqtisodiy sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash ilk bor 1992 yilning sentyabr oyida boshlandi. Amaliy matematika fakulteti tarkibida "Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish"ihtisosi bo'yicha 33 nafar talaba qabul qilindi. Umumiqtisodiyot fanlari kafedrasi ochildi.
1993-1994 o'quv yilida shu fakultet tarkibida ijtimoiy soha iqtisodiyoti, iqtisodiy ihtisosliklar bo'yicha 2-mutahassislik bo'limlari ochildi va faoliyat ko'rsata boshladi. 1995 yilda "Menejment" kafedrasi tashkil topdi.
1995-1995 o'quv yilida fakultetda talabalar safida yangidan 80 kishi qabul qilindi. "Iqtisodiyot va mehnat sosiologiyasi" hamda "Ichki va tashqi turizm menejmenti"kafedralari ochildi.
1997yil 15 avgustda Unversitet tarkibida mustaqil "Iqtisodiyot" fakulteti tashkil etilganligi haqida rektor buyrug'i e'lon qilindi. Shu yili ilk bor Iqtisodiyot fakultetini 30 nafar yosh mutahassislar bitirib chiqdi, ular Respublikamizning turli nufuzli boshqaruv tashkilotlariga, Moliya, Bank, Bojhona va Soliqlar tizimiga yuborildi. 4 nafar fakultetga ishga va aspiranturaga qoldirildi.
1999-2000 o'quv yili ilk bor Menejment mutahassisligi bo'yicha magistraturaga talabalar qabul qilina boshladi. Xozirgi vaqtda iqtisodiyot va menenjment mutaxassisliklar bo'yicha bakalavriatura va magistratura bo'limlari uzluksiz faoliyat ko'rsatmoqda.
Iqtisodiyot fakulteti etakchi fakultetlardan biri bo'lib bozor iqtisodiyotiga, turizm sanoatini tashkil qilish hamda xalq xo'jaliginihg turli jabhalarini islohat qilishga yo'naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedralarda faoliyat ko'rsatayotgan fan doktori, professor, dotsentlar 800 dan ortiq talabalarga ta'lim bermoqdalar.
Menejmen kafedrasining yangi saytiga marhamat
Iqtisodiyot fakulteti web-sayti