Samarkand State University
of the name Alisher Navoi

 
Enter to webmail
User
Pass
Law


Huquqshunoslik fakulteti haqida

      Huquqshunoslik fakulteti 1970 yillarda tarix fakulteti qoshida bo'lim sifatida ish boshladi. Tez yillarda bo'lim moddiy-texnikaviy jihattan va ilmiy-amaliy salohiyati jihatdan rivojlanib mustaqil fakultetga aylandi.
      Fakultetda hozirgi paytda "Umymiy huquqshunoslik", "Fuqarolik umumiy fanlar", "Davlat va huquqshoslik" hamda "Jinoyat huquqi" kafedralari faoliyat ko'rsatmoqda. Fuqarolik demokratik huquqiy jamiyat qurish yo'lida borayotgan mustaqil O'zbekiston Respublikasi uchun yuqori malakali huquqshunos kadrlarni etishtirib berish ehtiyojining nioshishi natijasida SamDu huquqshunoslik fakulteti hartomonlama taraqqiy qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.
      Shu imkoniyatlardan foydalangan holda fakultetning ilmiy salohiyatini oshirish ilmiy amaliy laboratoriyalarni tashkil etish va ularni kengaytirish vazifalarini amalga oshirish borasida keng miqyosli tadbirlar bajarilmoqda. Fakultetda hozirgi vaqtda 40 dan ortiq fan doktori, professor, fan nomzodlari va yosh olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar va talabalarga ta'lim bermoqdalar.
      Fakultet xorijiy universitetlar bilan ilmiy va amaliy hamkorlikni izchillik bilan amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Yaponiyaning Nagoya universiteti huquq maktabi bilan ko'p yilga muljallangan hamkorlik shartnomasi tuzildi. Fkultetning qator bitiruvchilari rivojlangan mamlakatlarda magistratura o'tamoqdalar.

Select language
Google

SAC

Supreme attestation commission

ZIyoNet

Information educational network

GovUZ

Samarkand State University - 2010