Samarkand State University
of the name Alisher Navoi

 
Enter to webmail
User
Pass
Archeological museum

Archeological museum

Arxeologiyašmuzeyi haqida

šššššššššššššššššš

ššššššš Arxeologiya muzeyi Samarqand Davlat universiteti boy arxeologik ilmiy tadqiqotlar an’anasiga ega. Bu harakatni boshlab bergan olimlar tashabbuskor professor D.N. Lev va akademik Ya. Ђulomovlardir. Bu ilmiy faoliyat tufayli faqat Zarafshon voxasida 100 dan ko’proq turli tarixiy davrlarga doir arxeologik yodgorliklar topilib o’rganildi va natijada 40 000 mingdan ko’proq noyob ilmiy manbalar qo’lga kiritildi. Muzey xodimlari dala ilmiy tadqiqot ishlari olib borishi bilan bir vaqtda topilma manbalarni tadqiq qilish ustida ish olib borishadilar. To’plangan manbalar asosida 1963 yili SamDU arxeologiya muzeyi tashkil qilingan. Muzeyning asosiy zaxirasini ajdodlarimiz ibtidoiy madaniyat tarixiga doir manbalar tashkil qiladi.

šššš Muzey zahirasida miloddan avvalgi 90-70 ming yilliklardan boshlab melodiy XII asrlarga qadargi vatanimiz tirixiga oid qiziqarli manbalar saqlanadi va ularning katta bir qismi ko’rgazmalarga qo’yilgan. Muzey ayni vaqtda talaba, aspirant va ilmiy xodimlar uchun tadqiqotlar olib boriladigan markaz, ya’ni laboratoriya vazifasini ham bajarib kelmoqda. Muzey asosan uch yo’nalishda, ya’ni o’quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va ma’rifiy sohalarda faoliyat ko’rsatadi. Muzey-laboratoriya zahiralaridan, nafaqat universitet talabalari, shuningdek, mamlakatimiz turli shaharlarida ta’lim olayotgan aspirantlar, ilmiy xodimlar tadqiqotlar olib borishda foydalanadilar. Ayni vaqtda kafedra ekspedisiyasi Zarafshon voxasi hamda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanlarida ilmiy tadqiqotlar olib bonrib, qiziqarli ashyolarni qo’lga kiritishdi. Muzey xodimlari ko’pgina xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari (Italiya, Fransiya, Rossiya, Moldova va boshqalar) bilan ham ilmiy, ma’rifiy aloqalar o’rnatishgan. Muzey doimiy ravishda gavjum, unda namoyish etilayotgan ko’rgazmalar xorijiy mehmonlarda katta qiziqish uyg’otib kelmoqda.

Select language
Google

SAC

Supreme attestation commission

ZIyoNet

Information educational network

GovUZ

Samarkand State University - 2010