Samarkand State University
of the name Alisher Navoi

 
Enter to webmail
User
Pass
Table of Contents


Informatsion texnologiyalar markazi

 

      Universitetda zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini fan va ta’limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida "Informatsion texnologiyalarni tadbiq qilish va o’quv- diagnostika" markazi tashkil etilgan.
      Markaz boshlig'i Matlabov Sodiq Norqulovich
      Markaz ish faoliyatining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
-universitetning informatsion va kompyuter infrastrukturasini tuzish va qo’llab-quvvatlash;
-o’quv jarayoniga informatsion texnologiyalarni joriy qilish, elektron kutubxonalar yaratish va informasion tizimlar asosida o’quv jarayonini boshqarish;
-universitetning professor-o’qituvchilari, aspirant va talabalarining Internet va milliy ilmiy-ommabop tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
-yangi informatsion texnologiyalar va masofadan o’qitish muammolari bo’yicha Respublikamizdagi va xorijdagi o’quv yurtlari bilan hamkorlik qilish;
-informasion texnologiyalar va masofadan o’qitish bo’yicha o’quv qo’llanmalar va dasturiy ta’minotlarni yaratish;
-informatsion texnologiyalar va masofadan o’qitish muammolariga bag’ishlangan anjumanlar, konferensiyalar va seminarlar tashkil qilish;
-universitet bo’yicha lokal tarmoqni boshqarishni tashkil qilish;
-universitetda DTM bilan hamkorlikda masofali test o'tkazish tizimini boshqarish va rivojlantirish .
      Yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim sohasiga qo’llash, masofali ta’limni amalga oshirish uchun universitetda yetarli kompyuterlar bazasi yaratilgan. Bu yerda 530 dan ortiq kompyuterlar mavjud bo’lib, shundan 400 taga yaqini Pentium ruso’mili kompyuterlardir. 256 ta kompyuterni birlashtirib turuvchi va 100 mb/s tezlikda ishlaydigan optik tolali aloqa usulida yaratilgan lokal tarmoq faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari multimediali elektron darsliklarni yaratish va namoyish qilish va video-konferensiyalar o’tkazish uchun zamonaviy texnika jihozlari mavjud. Universitetda 17 ta kompyuter sinflari faoliyat ko’rsatmoqda. Universitet o’zining ikkinchi pog’onali domenda qayd etilgan veb sahifasiga (www.samdu.uz) ega.
      Universitetda mavjud barcha elektron darsliklarni, elektron adabiyotlarni, dasturiy ta’minotlarni, multimedia kurslarini maxsus sahifaga kiritish, internet va lokal tarmoq orqali universitetda yaratilgan elektron darsliklardan foydalanish yo’lga qo’yilgan (samdu.uz/ download/). Lokal tarmoqda va internetda ma’lumotlar almashishini shakllantrish uchun qayd qilingan “SAMDU.UZ” domenida barcha professor-o’qituvchilar va talabalarga pochta qutilarini ochib berish va ularning Internet xizmatidan foydalana olishi uchun imkoniyat yaratilgan. (www.samdu.uz/mail/src/signout.php).
      Universitet veb-sahifasi bazasida chet el elektron kutbxonalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish borasida maxsus veb sahifa yaratildi (library.samdu.uz/) va bu sahifaga universitet kutubxonasida mavjud 8000 dan ortiq kitoblar to’g’risida ma’lumot kirtildi. Respublika test markazi bilan modem orqali bog’lanib, o’quvchilarga o’z bilimlarini sinab ko’rish va kompyuter savodxonligi kurslari kabi pulli xizmat ko’rsatilmoqda va bulardan tushgan mablag’lar universitet hisob raqamiga o’tkazilmoqda. Bugungi kunda universitet bazasida 300 ga yaqin elektron qullanmalar, 3 ta masofali o’qitish kurslari va 61 ta multimediali elektron darsliklar mavjud.

Select language
Google

SAC

Supreme attestation commission

ZIyoNet

Information educational network

GovUZ

Samarkand State University - 2010